Ro‘yxatdan o‘tish uchun manzil (faqat ADU talabalari, ADU o‘qituvchilari va ADU xodimlari uchun, boshqa o‘quv yurtlari vakillari va boshqa shaxslar ro‘yxatdan o‘ta olmaydi):
Iltimos, shaxsiy ma'lumotlaringizni to‘g‘ri to‘ldirishingizni so‘raymiz. Agar noto‘g‘ri ma'lumot kiritsangiz, sizga pochta akkaunti ochilmaydi. 1-rasmda ma'lumotlar misol uchun kiritilgan, siz o‘z to‘g‘ri ma'lumotlaringizni kiritishingiz kerak.
Ogohlantiramiz! Agar siz ilgari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, qayta ro‘yxatdan o‘ta olmaysiz.
Ma'lumotlarni yuborish uchun "Yuborish" tugmasini bosing. Agar 2-rasmda ko‘rsatilganidek ogohlantirishlarni ko‘rsangiz, ularga amal qiling.
Rasm 2
Ma'lumotlaringizni yuborganingizdan so‘ng, arizangiz holatini tekshirish uchun foydalaniladigan kodni olasiz (3-rasm).
Rasm 3
Arizangiz 1-3 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.
Ariza holatini ro‘yxatdan o‘tish formasini yuborganingizdan so‘ng olgan kodingiz orqali tekshirishingiz mumkin (4-rasm).
Rasm 4
Arizangiz ko‘rib chiqilayotgan holatda bo‘lishi mumkin (5-rasm)
Rasm 5
Agar arizangiz holati ijobiy bo‘lsa, quyidagi manzilga o‘ting:
mail.adu.uz