0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

YUNESKO/IBN SINO MUKOFOTIGA TANLOV E'LON QILINDI

19 Avgust 2019 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 242

Muallifi: Farhod Alimov
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i

 

YUNESKO/IBN SINO mukofoti bo'yicha 2019 yil uchun tanlov e’lon qilinganligini ma’lum qilamiz.

Tanlov qoidalariga muvofiq, mukofot har ilg‘or ilmiy va texnologik yutuqlar sohasida o‘tkaziladi. Mukofot miqdori 50 ming AQSh dollariga teng.

Xujjatlar joriy yilning 31 avgust kuniga qadar YuNESKO kotibiyati tomonidan qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun: 71 267-42, 267-05-61 YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun Xalqaro hamkorlik bo‘limi (128-xona) bilan bog‘laning.

Telefon: + 99890-217-20-76

Ma'lumot uchun ushbu mukofot 2003 yilda YUNESKOning 166-sessiyasida Eron Islom Respublikasi tashabbusi bilan ta’sis etilgan bo'lib,  ilm-fanda etika masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan, mazkur yo‘nalish taraqqiyotiga hissa qo‘shgan olimlarga taqdim etiladi.

Mukofot egalariga buyuk mutafakkirimiz Ibn Sinoning surati tushirilgan oltin medali, sertifikat, 50 ming AQSh dollari hajmida pul mukofoti va Eron Islom respublikasi sayohatiga  yo‘llanma beriladi.

Mukofot avvaliga har ikki yilda berilgan bo‘lsa, 2017 yildan beri sovrindorlarga har olti yilda taqdim etiladigan bo‘ldi. Shu kungacha  to‘rt nafar olim  ushbu mukofotga taqdim etilgan: Margaret Somervil (Kanada, 2004), Abdulla Dar (Kanada, 2006), Renzong Chiu (Xitoy 2010), Zabta Xon Shinvari (Pokiston 2015).

Bugun YUNESKOning Venadagi idorasida yurtimizning ikki ulug‘ allomasi Ibn Sino va Beruniyga atab haykal o‘rnatilgan bo‘lib, bu me’moriy obida Eron Islom Respublikasi tomonidan YUNESKO tashkilotiga 2009 yilda taqdim etilgan. Ibn Sino va Al-Beruniydan tashqari yana Al-Zakariya va Umar Hayyomlarning ham haykali o‘rnatilgan bo‘lib, mazkur me’moriy obida “Eron olimlari chorbog‘i” deb nomlanadi.

Shu o‘rinda to‘xtalish zarurki, o‘sha davrlarda barcha davlat ishlari fors va arab tillarida olib borilgani sababli davr taqozosi bilan olimu ijodkorlar ham ana shu tillarda qalam tebratganlar. Shu boisdan ham biri Buxorodagi Afshona qishlog‘ida, biri Xorazmning eski Kat shahrida tug‘ilgan jahon fan olamida munosib iz qoldirgan ushbu buyuk allomalarimizni jahon ahli fors va arab olimlari sifatida biladilar.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!