0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA IJODIY IMTIHONLAR YAKUNLANDI

12 Avgust 2019 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 635

Muallifi: Axborot xizmati

Andijon davlat universitetida 2019-2020 o‘quv yili uchun aloxida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari - Jismoniy madaniyat, Xotin qizlar sporti, Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi, musiqiy ta’lim yo‘nalishlaridan tashqari ushbu o‘quv yilidan yangi ochilgan vokal san’ati, cholg‘u ijrochiligi, rangtasvir, amaliy san’at ta’lim yo‘nalishlari uchun Kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 25 iyulidan 8 avgustiga qadar davom etdi.

Ushbu ta'lim yo'nalishlari kunduzgi shakliga 3277 nafar, sirtqi ta'lim shakliga 2454 nafar abituriyentlar ro'yxatdan o'tgan bo'lib, ulardan jami bo'lib 518 nafari umuman, 22 nafari qisman imtihonlarda ishtirok etmagan.  

Imtihonlar yo‘nalishlar bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish dasturlari asosida o‘tkazildi. Ijodiy va amaliy imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlar bo‘yicha abiturientlar hamda ularning ota-onalariga yetarli shart-sharoitlar yaratildi.

Imtihon jarayonlari va natijalari uzluksiz va o‘z vaqtida universitet rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalari orqali yoritib borildi.

O‘tkazilgan ijodiy imtihonlar natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi. Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi bo‘limiga 150 ta o‘rin ajratilgan, undan 25 ta o‘rin rus guruhi, 125 tasi o‘zbek guruhlariga (shu jumladan 60 ta o‘rin xotin-qizlar sportiga) ajratilgan bo‘lib, jami 2149 nafar abiturient ro‘yxatdan o‘tkazilgan va ulardan 248 nafari imtihonlarda ishtirok etmagan. Ushbu yo‘nalishda eng yuqori ball 170.4 balni tashkil etgan. Ushbu yo‘nalishning sirtqi bo‘limiga 250 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, unga 1728 nafar abiturient ro‘yxatga olingan. Bitta o‘ringa tanlov 6,9 nafarni tashkil etgan. Eng yuqori ko‘rsatkich 154 balni tashkil etgan.

Jismoniy madaniyat (Xotin-qizlar sporti) ta’lim yo‘nalishiga 60 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishga 354 nafar abiturientlar ro‘yxatga olinib, ularning 48 nafari imtihonlarda ishtirok etmagan. 

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakliga 40 ta, sirtqi ta’lim shakliga esa 25 ta o‘rinn ajratilgan. Ushbu yo‘nalish kunduzgi bo‘limiga 345 nafar, sirtqi bo‘limiga 326 nafar abiturient ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, imtihonlarda 53 nafar abiturientlar umuman ishtirok etmadi. Eng yuqori natija esa kunduzgi bo‘limda 167, sirtqi bo‘limda 165 balni tashkil etdi.

Yana bir nufuzli ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan Musiqa ta’limi kunduzgi bo‘limiga 50 ta,  sirtqi ta’lim shakliga 25 ta o‘rin ajratilgan. Ushbu yo‘nalishning kunduzgi bo‘limiga 214 nafar, sirtqi bo‘limiga 400 nafar abiturientlar ro‘yxatdan o‘tib, jami 150 nafar abiturientlar umuman, 20 nafar abiturientlar esa imtihonning ayrim turlarda ishtirok etmadilar. Eng yuqori natijalar esa kunduzgi bo‘limda 167, sirtqi bo‘limda 160 balni tashkil etdi.

Yangi ochilgan yo‘nalishlar: Rangtasvir: dastgohli, Amaliy sanat: badiiy kulolchilik, Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik, Cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari yo‘nalishlariga 20 tadan o‘rin ajratilgan.

Rangtasvir: dastgohli yo‘nalishiga 57 nafar abiturient ro‘yxatdan o‘tib, imtihonlarda ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabalar to‘liq ishtirok etdilar. Imtihonlarda eng yuqori ko‘rsatkich 169.9 ballni tashkil etdi.

Amaliy sanat: badiiy kulolchilik yo‘nalishiga esa 47 nafar abiturient ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, 7 nafar abiturientlar umuman, 2 nafar abiturientlar esa imtihonlarning ayrim turlarida ishtirok etmadilar. Yo‘nalish bo‘yicha eng yuqori ball 164.8 ni tashkil etgan. 

Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik yo‘nalishi 56 nafar abiturient ro‘yxatdan o‘tgan. Imtihonlarda 6 nafar abiturientlar umuman ishtirok etmadilar. Yo‘nalishda eng yuqori ball 120 ni tashkil etdi.

Cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari (rubob prima, qashqar va afg‘on rubobi) yo‘nalishi 55 nafar abiturient ro‘yxatdan o‘tib, ulardan 6 nafari imtihonlarda umuman ishtirok etmadilar. Ushbu yo‘nalishda eng yuqori ko‘rsatkich 106 balga yetdi.

Imtihon jarayonlari to‘liq videokamera orqali yozib olindi. Shu kunga qadar ijodiy imtihonlar yuzasidan tug‘ilgan barcha savollar va shikoyatlarga o‘z vaqtida javob berildi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!