0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   Без изображений  

XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI MUNOSABATI BILAN MUZEYGA TASHRIF

01 Июня 2019 год, Суббота
Просмотрено: 459

Автор: Behzodbek Karimov, Islomiddin Nasiridinov
ADU tuzilmasidagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyi hodimlari

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-martdagi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusning 1-bandida ko’zda tutilgan – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qilishining ijorisini ta’minlash maqsadida va qolaversa, «1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Andijon shahar 

kengashi tomonidan “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” shiori ostida O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Andijon shahar kengashi raisi N.R.To’raqulova rahbarligida joriy yilning 31-may kuni Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi”ga viloyatimizda joylashgan akademik litsey, maktab, maktabgacha ta’lim muassasasining kam ta’minlangan oilalarning 200 nafar farzandlari tashrif buyurishdi.

Ekskursiya davomida muzey rahbari Rustambek Shamsutdinov tashrif buyurgan mehmonlarga muzeyning qiziqarli eksponatlari, foto va video materiallari bilan tanishtirdi. Bundan tashqari muzeyga bolalar bilan birgalikda ularning ota-onalari, maktab o’qituvchilari ham tashrif buyurishdi. Muzeyga nabiralari bilan tashrif buyurgan keksa onaxon, Andijon shahridagi 21-umumta’lim maktabi rus tili o’qituvchisi Umarova Aminaxon aya ham muzey haqida o’z taassurotlari bilan bo’lishdi.

Muzeydagi eksponatlarning ahamiyati, qimmatliligi va hozirgi maktab darsliklaridagi dolzarb mavzularni yanada kengroq o’rganishda ushbu muzeyning ahamiyati beqiyos ekanini aytib o’tdi.

МЕЖДУНАРОДНЫЕ ПРОЕКТЫ

НАШИ РЕСУРСЫ

НАШ АДРЕС
170100, Республика Узбекистан, г. Андижан,
улица Университетская, дом 129
Эл. почта: agsu_info@edu.uz
Телефон/факс: 0 (374) 223 88 30
Телефон доверия: 0 (374) 223 88 14
Транспорт: маршрутное такси №75

МЫ В СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЯХ

© Андижанский государственный университет, 2019. Все права защищены. 
 
Отправить предложение повышения качества образования