0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

"INNOVATSION G'OYALAR, ISHLANMALAR VA ULARNI ISHLAB CHIQARISH HAMDA TA'LIMDA QO'LLASHNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-NAZARIY KONFERENSIYAGA TAKLIF ETAMIZ!

06 Mart 2019 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 561

AXBOROT XATI

 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

 ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetida 2019 yil «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»ga bag‘ishlab «Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va ularni ishlab chiqarish hamda ta’limda qo‘llashning zamonaviy muammolari» mavzusida o‘tkaziladigan Xalqaro ilmiy-nazariy anjumanga taklif etamiz.

Anjumanni o‘tkazish vaqti: 2019 yil 15 aprel.

Ilmiy-nazariy anjumanning ochilishi universitet majlislar zalida 2019 yil 15 aprel kuni
soat 1000 da boshlanadi. 

Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha seksiyalarning ish olib borishi rejalashtirilgan:

 

Seksiya 1. Ijtimoiy-gumanitar fanlar.

Seksiya 2. Aniq va texnik fanlar.

Seksiya 3. Tabiiy fanlar va tibbiyot.

Seksiya 4. Informatika va axborot texnologiyalari.

Seksiya 5. Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari.

Seksiya 6. Amaliy fanlar va san’at.

 

Anjuman  materiallarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:

         - tezis mavzusi bosh harflarda (14 shriftda) o‘rtaga yozilib, keyingi qatordan muallif(lar) ismi-sharifi, ilmiy darajasi, kafedra nomi yoziladi. Undan 1,5 interval pastda xat boshidan tezis matni yoziladi.

- tezislar Microsoft Word, Times New Romanda 2-3 bet hajmda (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) 14 shrift, 1,5 intervalda, chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm, yuqori va past tomondan 2 sm qoldirilgan holda yoziladi.

- Qaysi tilda yozilishidan qat’iy nazar tezislarga o‘zbek, rus va ingliz tillarida annotatsiya, tayanch iboralar(kalit so‘zlar) matn boshida ilova qilinadi.

- Matndagi ko‘chirma oxirida iqtibos olingan adabiyotning ro‘xatdagi tartib raqami va saxifa nomeri kvadrat qavs ichida beriladi, masalan [7, 55].

- foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati tezis oxirida beriladi.

- tezis elektron va qog‘oz nusxada (A4) taqriz hamda ekspert xulosasi bilan qo‘shib topshiriladi.

- tezislarning mazmuniga, ma’lumotlar mualliflarga tegishliligi uchun va keltirilgan manbalarning to‘g‘riligiga mualliflar mas’ul.

- anjumanning rasmiy tillari: o‘zbek, rus va ingliz.

- anjuman materiallari to‘plam holida nashr qilinadi. Tezisning har bir beti uchun badal puli 15000 so‘m.

Talabga javob bermaydigan materiallar anjuman dasturiga va to‘plamga kiritilmaydi va  mualliflarga qaytarilmaydi.

Tezislar 2019 yil 31 martgacha qabul qilinadi.

 

Manzil: 170100, Andijon shahar, Universiteti ko‘chasi 129-uy.

         Telefon: +998 90 210 00 42, +998 93 250 1007. Faks: (374) 223-88-30.            

          E.mail: aazafar@mail.ru , Telegram: Abduqaxxor Zaparov (+998 93 250 1007) 

                                                                                           

TASHKILIY QO‘MITA

 

                                                              ANJUMAN IShTIROKCHISINING ANKETASI

Ishtirokchining F.I.Sh.

 

Seksiya

 

Tezis nomi

 

Ish joyi va manzili

 

Lavozimi

 

Ilmiy darajasi va unvoni

 

Ish joyi va mobil telefoni:

 

E-mail:

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!