0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

OLIY TA'LIM TIZIMIDA ISLOHOTLARNI DAVOM ETTIRISH ZAMON TALABI

28 Dekabr 2018 yil, Juma
Ko'rilgan: 147

Muallifi: Sharofiddin Hoshimjonov
ADU matbuot kotibi

Ayni vaqtda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasini yo'llamoqda. Murojaatnomada 2019 yilni ''Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" deb e’lon qilindi. Shuningdek, Murojaatnomada oliy ta'lim tizimida o'tkazilayotgan islohotlar yuzasidan quyidagi fikrlar bildirildi:

«Oliy ta’lim tizimida tahsil olish uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirishimiz zarur.

Yurtimizda bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish o‘tgan yillarda 9-10% bo‘lib kelayotgan edi. So‘ngi 2 yilda ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli biz bu raqamni 15%dan oshirishga erishdik. Lekin bu hali yetarli emas, chunki dunyodagi rivojlangan davlatlar tajribasiga qaraydigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich ularda o‘rtacha 60-70%ni tashkil etadi.

Shuning uchun 2019 yilda mamlakatimizda bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 20%ga yetkazish va kelgusi yillarda oshirib borish muhim vazifalarimizdan biridir.

Yoshlarimizga bir vaqtning o‘zida bir nechta oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish imkoniyatini berishimiz, o‘ylaymanki, ularning ta’lim olish huquqlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Oliy ta’lim muassasalariga real imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, qabul kvotalarini mustaqil belgilash tizimini joriy etishimiz kerak.

Bakalavriat yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga xorijda o‘qishini davom ettirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishimiz kerak. Chunki jamiyatimizda oliy ma’lumotga ega, yuksak malakali mutaxassislar qancha ko‘p bo‘lsa, rivojlanish shuncha tez va samarali bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasi ushbu takliflar yuzasidan 2 oy muddatda tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerak».

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!