0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

3-DEKABR XALQARO NOGIRONLAR KUNI

04 Dekabr 2018 yil, Seshanba
Ko'rilgan: 147

Muallifi: Hoshimjonov Sharofiddin
ADU matbuot kotibi

1992-yil 14-oktyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 47/3-sonli qaroriga asosan 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni sifatida e'lon qilindi va tashkilotga a'zo davlatlarni har yili maxsus kun sharafiga bag'ishlangan tadbirlarni o'tkazishga chaqirdi.

Ushbu kunni nishonlash to’g’risidagi qaror Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1983-1992 yillarni qamrab olgan nogironlar o'n yilligining oxirida qabul qilindi. Mazkur o'n yil ichida nogironlar holatini yaxshilash va ular uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash maqsadida, xabardorlikni oshirish va chora-tadbirlar ko'rish kabi katta ishlar amalga oshirildi.

Dunyoda taxminan 1 milliardga yaqin nogironlar istiqomat qiladi va ularning barchasi jamiyat hayotidagi keng ko'lamli, samarali va teng huquqli ishtirokini cheklaydigan, jismoniy, ijtimoiy-iqtisodiy to'siqlarga duch keladi. BMT ma'lumotlariga ko'ra, ular ta'lim, mehnat, sog'liqni saqlash hamda ijtimoiy va huquqiy ko'mak kabi asosiy manbalardan teng ravishda foydalana olmaydi.

Shu sababdan 3 dekabr kuni Xalqaro nogironlar kunining o'tkazilishi nogironlarning muammolariga, xususan, ularning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy hayotdagi ishtirokidan yuzaga keladigan afzallikka jamoatchilik e'tiborini jalb qilish, nogironlar qadri, huquqlari va farovonligini himoya qilishga qaratilgan.

O’z oldiga ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tishni maqsad qilgan davlatimizda islohotlar inson va uning manfaatlariga qaratilgan. Mustaqillikka erishgan dastlabki 1991 yildayoq “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan bo’lsa, 2008 yilda ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Shu yili “Bolalikdan nogironlar tug‘ilishining oldini olish uchun tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash davlat dasturi to‘g‘risida”gi prezident Qarori imzolandi. Turli yillarda davlat Dasturlari doirasida nogironlarni himoyalash, ularni ijtimoiy holatini yaxshilash, barcha huquqlaridan to’laqonli foydalanishlari bo’yicha chora tadbirlar amalga oshirildi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida ham nogironligi bo’lgan shaxslarning to’laqonli hayot kechirishlarini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha qator amaliy ishlar belgilandi va hayotga joriy etilmoqda. Nogironligi bo’lgan shaxslarning manzilli ravishda ijtimoiy himoya qilinishi ularga keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.  

Respublikamizda 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” sifatida e’lon qilinishi hamda keng miqyosda nishonlanishi hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining isbotidir. Oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan nogironligi bo’lgan shaxslarning shartnoma to’lovlarini to’lab berilishi, o’tgan o’quv yilidan boshlab qonunda belgilangan tartibda ularni oliy o’quv yurtlariga grant asosida qabul qilinishi sohada amalga oshirilayotgan ishlarning bir qismigina xolos.

Andijon davlat universitetida ham bugungi kunda ana shunday imtiyozdan foydalanib grant asosida 45 nafar talaba tahsil olmoqda.

Universitetimizda 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni doirasida turli ijtimoiy hayriya tadbirlari, loyihalar, tadbirlar o’tkazilmoqda. Xar bir fakultet professor-o’qituvchilari va talabalari tashabbus ko’rsatib, turli hayriya, ko’ngilochar dasturlari bilan sog’ligida nuqsoni bor bolalar maktablarida, muruvvat uylaridagi bolalar ko’nglini shod qilib qaytmoqdalar.  

2018-yil 3-dekabr kuni Tabiiy fanlar fakulteti jamoasi Qo’rg’ontepa tumanida joylashgan “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyiga, Tarix fakultetining bir guruh professor-o’qituvchilari va talabalari Andijon tumanidagi Bo’taqora Muruvvat uyiga, Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti jamoasi Andijon shahridagi Mehribonlik uyiga tashrif buyurdilar.

Tashrif chog`ida tarbiyalanuvchi bolalarga badiiy bayram dasturi namoyish etilib, har xil turdagi o’yinchoq sovg’alar ulashildi. Tadbirlar, hayriya aksiyalari ko`tarinki ruhda o`tdi, Ona Vatanga bo`lgan mehr muhabbat yana bir bor yodga olindi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!