0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

SOG‘LIK – BEBAHO NE’MAT

03 Dekabr 2018 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 129

Muallifi: Shahobov Kamoliddin
Filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari

Andijon davlat universitetida “Salomatlik haftaligi” doirasida barcha fakultetlarda turli tadbirlar, aksiyalar, loyihalar amalga oshirilmoqda.  2018 yil 3 dekabr kuni Andijon davlat universiteti katta majlislar zalida Andijon viloyati OITSga qarshi kurash markazi, viloyat ruhiy kasalliklar dispanseriga qarashli giyohvandlik bo‘limi, universitet tibbiy xodimlari va filologiya fakulteti 1-bosqich rus va o‘zbek tili yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Sog‘lik – bebaho ne’mat”, “Ogoh bo‘ling, OITS!” mavzusida suhbat-muloqot uyushtirildi.

O‘tkazilgan muloqot davomida filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari K.Shahobov, universitet shifokori M.Isaqova, viloyat OITSga qarshi kurash markazi mutaxassisi J.Mamadaliyeva, viloyat ruhiy kasalliklar dispanseriga qarashli giyohvandlik bo‘limi shifokori Sh.To‘raqulov, universitet Ibn Sino salomatlik markazi rahbari G.Mamatisaqova, universitet tibbiy hamshirasi M.Shermatovalar insoniyatning oldida turgan, uni halokat va tanazzul sari yetaklovchi global muammolardan biri bo‘lgan OIV infeksiyasi va OITS, giyohvandlik muammolari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, talabalar bilan yuqoridagi o‘ta xavfli va ayni paytda dolzarb sanalgan muammolar bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar. Tadbirda shuningdek, talabalarga OIV infeksiyasi va OITSga qarshi kurashga qaratilgan bukletlar tarqatildi.

O‘tkazilgan muloqot davomida talabalar OITS va giyohvandlik bo‘yicha o‘z bilim va tushunchalarini kengaytirdilar hamda bu balolarga qarshi kurashishda yoshlar o‘zaro birlashishga kelishib oldilar.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!