0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Dil kuychisi...

23 Oktyabr 2018 yil, Seshanba
Ko'rilgan: 271

Dil kuychisi...

Navoiy asarlarida so’zlar miqdoran ko’p ishlatilishidan tashqari har bir so’z bir necha ma’noda jilvalanadi. Buyuk ijodkor o’zining “Muhokamat-ul-lug’atayn” asarida turkiy tilning imkoniyatlari yuksak ekanini isbotlab bergan.

1989-yil 21-oktyabr o’zbek tili rasman davlat tili sifatida e’lon qilindi. Bu esa o’ziga bek o’zbek elining o’z tiliga bo’lgan e’tibori hamda eliga ehtiromning ifodasidir.

Bizning tilimiz juda boy hisoblanadi. Buning isboti sifatida buyuk bobomiz hazrat Alisher Navoiy asarlarini o’qish kifoya qiladi. Insonlararo aloqa vositasi bo’lgan tilning ahamiyati beqiyos bo’lib, Andijon farzandi shoir Muhammad Yusuf ta’biri bilan aytganda, “Bu dunyoda tili yo’qda dil ham yo’q”. Shuning uchun ham til dilni namoyon etadi. Buyuk allomalar “til dilning tarjimoni, ifodalovchisi” deb aytadi. Tildan chiqayotgan har bitta so’z bevosita dil qasrida qo’nim topishini unutmasligimiz kerak. Aynan shuning uchun ham tildan berilgan jarohatning og’rig’I og’ir, bitmog’i qiyin bo’ladi. Negaki, uning izi tanda emas qalbda qoladi. Buning yukini ko’tarish mushkul. Shu sabab ham muloyimlik va halimlik til hamrohi bo’lsa, nur ustiga a’lo nur bo’ladi.

Til-u dilda qilingan har bir ishda ehtiyotkorlik va yumshoqlikda bo’lish haqidagi bir hayot falsafasiga misol keltirmoqchimiz:

“Bir kuni mashhur xitoy faylasufi Lao Tsi yaqin do’stini ko’rishga boribdi. Ikki qalin do’st suhbat qura boshlashibdi. Suhbat asnonida Lao Tsi do’stidan hayot falsafasi haqida so’rabdi.

Do’sti og’zini katta ochib:

– Qara-chi, tishlarim hamon o’z o’rnidami? - debdi.

Lao Tsi:

– Yo’q, ulardan asar ham yo’q, - deb javob beribdi.

– Unda qara-chi, tilim hamon o’z o’rnidami?

– Ha.

– Endi tushungandirsan, hayot falsafasining nima ekanligiga?

– Albatta, yumshoqlik qattiqlikdan ustun turadi…

Mavjuda MAMARAHIMOVA,

ADU BTSTI ta’lim yo’nalishi

3-bosqich talabasi

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!