0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

1 oktabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan Andijon davlat universitetida tadbirlar o’tkazildi

29 Sentyabr 2018 yil, Shanba
Ko'rilgan: 374

2018 yil 28 sentabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitetning barcha professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari va ishchi xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni universitet rektori, professor A.S.Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib, barcha ishtirokchilarni bayram bilan tabriklar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan bayram tabrigini ham o‘qib eshittirdi.

Tadbirda mamlakatimizning har jihatdan rivojlanib, taraqqiy etib borishida o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan, ayniqsa, komil va barkamol avlod tarbiyasida javlon urib mehnat qilayotgan bir qator professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar yetuk, malakali kadrlar tayyorlashdagi  fidokorona mehnati, o‘z kasbiga bo‘lgan fidoyiligi, sadoqati,  ilmparvarligi va mehnatsevarligi uchun universitet rektorati hamda xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari, universitet rektorining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandilar. Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan barcha professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlarga universitet ma’muriyati tomonidan tayyorlangan maxsus “Bayram tabriknomalari” tarqatildi.

Bayram tadbiri ishtirokchilariga pedagogika fakulteti musiqa ta’limi yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy-musiqiy kompozitsion dastur namoyish etildi. Tadbirda yangragan jo‘shqin ashula va raqslar, ustozlarni tarannum etuvchi she’r va alyorlar yig‘ilganlarning olqishlariga sazovar bo‘ldi. Ayniqsa, 2016 yilgi “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovining mutloq g‘oliblari, 2017 yilgi “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovining 2-o‘rin sohiblari, 2018 yil o‘tkazilgan “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovining mintaqa bosqichida g‘olib chiqib, Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan universitet “Andijon yoshlari” jamoasining chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.

 Hamyurtimiz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ilhomjon Jo‘raev hamda “Do‘stlik” ordeni sohibasi Sanobarxon Rahmonovaning ishtiroki va ular tomonidan ijro etilgan diltortar kuy va qo‘shiqlar bayram tadbiriga o‘zgacha shukuh va ko‘tarinkilik baxsh etdi.

Ustoz va murabbiylar bayrami tantanalari 28-29 oktabr kunlari universitetning barcha fakultetlarida hamda talabalar turar joylarida keng ko‘lamda davom etdi.

 

                                                        Gulchehra Zoxidova

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!