0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

SHARAF SIZGA

29 Sentyabr 2018 yil, Shanba
Ko'rilgan: 130

SHARAF SIZGA

“Yuzidan mehr nuri yog‘ilib, xuddi quyosh olamga nur sochganday, bor bilim-ko‘nikmalarini yosh avlod uchun ayamay baxshida etadiganlar ham topiladi, albatta. Ular o‘z kasbini sevadilar va hech qachon  mehnat qilishdan charchamaydilar. Ular vatanni sevadilar, uning kelajagi yo‘lida jon fido qiladilar. Insonni, avvalo odam keyin esa olim bo‘lib yetishishiga sababchi bo‘ladilar”.

Yuqoridagi ta’riflarga nazar tashlar ekanmiz, shak-shubhasiz, ko‘z oldimizga otamizdek ulug‘, aziz ustozlarimiz keladi.  Modomiki, ularga qancha ta’rif bersak, shuncha ozdir. Ular cheksiz olqishlarga arzirli insondirlar. Kasblarning ichida ustozlik kasbi  o‘z mehnatu mashaqqati bilan ajralib turadi. Tunlarni kunlarga ulab biz yoshlar uchun arzirli narsalarni o‘rgatish uchun charchasalar ham buni sezdirmay mehnatda davom etayotganlar  juda ko‘pdir. Bejizga ustozni otadek ulug‘ deb aytmagan dono xalqimiz. Chunki otamizni qancha qadrlasak, ularni ham shunday qadrlaymiz. Ularni o‘z otamiz va o‘z onamizdek ko‘ramiz. Ota-ona bizning hayotga kelishimizga sababchi bo‘lsa, ustozlarimiz esa  mana shu hayotda o‘z yo‘limizni  topishga, qoqilmay o‘z marramizga yetib olishga va barcha ezgu maqsadlarimizning ro‘yobga chiqishiga sababchi bo‘ladilar. Qaysi kasbni tanlamaylik, albatta, ustozlarimiz ko‘magida erishamiz. Dunyodagi kasblarga nazar tashlasak: harbiyni harbiy,  olimni olim, artistni artist qiladiganlar ham ustozlardir. Bizning erishgan yutuqlarimiz  ularning yutuqlaridir. Aytishlaricha, kasblar ichida eng sodda, oddiy,  kamtarin bu ustozlik bo‘larkan. Chunki biz bir yutuqqa erishib, bu siz sababli desak, har gal kamtarlik ila, “Yo‘ge men senga yo‘l korsatdim xolos” deb qo‘yishadi. Lekin ular bizni yetaklab o‘z marramiz tomon yetkazadilar.  Hattoki alpinist ham hayoti davomida ustoz ko‘nikmalariga  amal qilmasa, cho‘qqini zabt eta olmaydi.

Ey azizlar, sizlarni  mana shunday darajaga  yetkazgan  ustozlaringizni bir bor esladinglarmi? Ularning hol-ahvolidan xabar oldilaringmi? Sizlarni yoshlikdan harfga o‘rgatib, savodingizni chiqarganlarni-chi?  Shu insonlar bor ekan, harf tanidik, savodli bo‘ldik va mana shu harflar orqali o‘qidik, yozdik, bilim-ko‘nikmalarimizni oshirib, mana shu darajaga yetdik. Ustozlarimiz eng ulug‘ insonlardir. Ular sodda, oddiy insonligiga qaramay  daholarni, olim-u fuzalolarni tarbiyalaydilar.  Hattoki  buyuk mutafakkir Alisher Navoiyni ham  oddiy ustozlar tarbiyalaganlar.  U ham ustozlari Lutfiy, Jomiylar ko‘magida   mana shunday darajaga yetkandir.

Ustozlar eng savobli ishga qo‘l urarkanlar. Hattoki buni muqaddas kitobimiz  “Quroni karim”da: “Ilm olish va uni o‘rgatish buyuk ishdir”, - deb bejizga aytilmagan ekan. Hattoki payg‘ambarimiz ham sahobalariga: “Eng yaxshi inson saxiy inson, lekin saxiyni ham saxiyi bor desa, shunda ular: “kim ekan”, deb so‘rashganda” bu inson ilm o‘rgatgan insondir” deb aytgan ekan. Yurtimizning  birinchi prezidenti I.A.Karimov aytganlaridek: ”Dunyo imoratlarining ichida eng buyugi maktab bo‘lsa, kasblarning  eng sharaflisi bu ustozlikdir”. Mana shunday sharafli kasb egalari bor ekan biz ma’naviyatli, madaniyatli, oqil-u dono,  vataniga sodiq o‘g‘il-qizlar va o‘z madaniyatiga, urf-odatiga sodiq qoladigan buyuk kadrlar va davlatning tayanchi hamda suyanchi  bo‘lgan insonlar bo‘lib yetishamiz.

Men o‘z so‘zlarimni tugatar ekanman, 1-oktabr  o‘qituvchilar va murabbiylar kuni bilan murabbiy va o‘qituvchilarni  chin qalbimdan muborakbod etaman. Ustozlarimizga uzoq umr, sihat-salomatlik va shogirdlarining zafarli yutuqlarini ko‘rish nasib aylashini tilab qolaman.

Matluba ABDUG‘AFFOROVA,

ADU nemis tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!