0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

O‘QUV-AMALIY SEMINAR

03 Sentyabr 2018 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 99

Andijon davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Andijon viloyati boshqarmasi qoshida tashkil etilgan “Maxsus o‘quv kursi”ning ochilishiga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Unda shahar va tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, xotin-qizlar qo‘mitalari raislari, mahalla fuqarolar yig‘inlarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 martdagi “Oila institutini mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur o‘quv kurslari 12 kun davom etadi. Unda mutaxassislarning kasbiy bilimlari, qobiliyatlari, tajriba va ko‘nikmalarini kuchaytirish, tizimli yangilab borishga alohida e’tibor qaratiladi.

O‘quv kursining dastlabki kunida “Oiladagi nizolar: omil, sabab, ifodalanish formalari, turlari, asoratlari va oldini olish yo‘llari”, “O‘smirlik davrida psixologik va ijtimoiy o‘zgarishlar. O‘smirlarning reproduktiv salomatligi”, “Suitsid va uning oldini olish yo‘llari. Oilaning etnopsixologik va etnohududiy xususiyatlari” kabi mavzularda mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!