0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Qo’shaloq ayyom arafasidagi yo’qlov

03 Sentyabr 2018 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 399

Umr - inson uchun berilgan eng bebaho ne’mat. Uning xar bir fasli o’ziga xos. Bolalik, o’smirlik,  yoshlik va keksalik. Hayot charxpalak misol. Umr o’taveradi. Yoshlik keksalikka o’z o’rnini bo’shatib beradi.

Keksalarni ulug’lash, e’zozlash milliy qadriyatlarimizdan bo’lib, dinimizda ham bu borada ko’p ko’rsatmalar va nasihatlar keltirilgan. Mamlakatimizni xaqli ravishda keksalari qadrlangan yurt sifatida maqtansak arziydi.

Yosh avlodga bilim va tarbiya berishdek o’ta murakkab, o’z kasbiga mehr va sadoqatni, butun borlig’ini bag’ishlashni, fidoyilikni talab etadigan sharafli mehnati bilan Vatanimiz salohiyatini yanada yuksaltirish saodatiga muyassar bo’lgan ustoz va murabbiylardan xabar olish bir so’z bilan aytganda biz shogirdlarning burchimizdir.

Iyd Qurbon Xayiti hamda O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi bayrami munosabati bilan Andijon davlat universiteti  xotin-qizlar boshlang’ich tashkiloti raisi va “Qizlarjon” klubi faollari universitetda uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan, hozirgi kunda keksalik gashtini surayotgan yoshi ulug’ faxriy professor-o’qituvchi va ishchi-xodimlarni qo’shaloq bayram bilan qutlash maqsadida ularning xonadonlariga tashrif buyurdilar. Ustozlar bilan dildan suhbatlashib, ularga universitet rahbariyati hamda xodimlar va talabalar kasaba uyushmasining bayram sovg’alarini topshirdilar.

Ustozlarni qadrlash haqida so’z ketganda beixtiyor hazrati Mir Alisher Navoiyning ushbu so’zlari yodimizga tushadi:

Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila,

Aylamak bo’lmas ado oning haqqin ming ganj ila.

Inson qadri - aziz. Qadr esa insonni yuksaklikka ko’taradi.

Inson keksaygani sari yanada ko’proq mehrga, e’tiborga muhtoj bo’lib boradi. Yaqinlarimizni borida qadrlab, ularni e’zozlasak xonadonlarimiz yanada fayzli bo’lib boraveradi.

 

Umidaxon Ahmedova

Andijon davlat universiteti

boshlang’ich xotin-qizlar tashkiloti raisi

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!