0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

MATBUOT JAMOASI TASHKIL ETILMOQDA

09 Fevral 2018 yil, Juma
Ko'rilgan: 446

Muallifi: Xurshidaxon AZAMJONOVA
Matbuot guruhi tashkilotchisi. “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” BT media guruh rahbari.

Matbuot sifatini yaxshilash, universitet o‘ramida tashkil qilinayotgan tanlov, tadbir yig‘ilishlar to‘g‘risida OAV larda chiqishlar sonini ko‘paytirishni, talaba va o‘qituvchilarni voqeliklardan tezkor xabardor qilishni yanada takomillashtirish maqsadida matbuot jamoasini tashkil etilmoqda. Guruh tarkibiga barcha fakultetlarning matbuotchilari kiritilib, ular uchun bir oylik (haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari) seminar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Maqsad: - universitetning barcha talabalari va o‘qituvchilarining birdek so‘nggi yangiliklardan vaqtida xabardor bo‘lishiga erishish;

  • Universitetda yagona va kuchli jamoani shakllantirish;
  • A’zolar orqali fakultetlarda tahsil olayotgan yashirin iqtidor egalarini kashf etish va yuzaga chiqarish;
  • She’riyat, jurnalistika sohalariga qiziquvchi yoshlarni topib, ularni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun to‘garaklar tashkil qilish;
  • Yuz berayotgan voqea-hodisalarga aloqadorlik hissini uyg‘otish;
  • Fakultetlarda tashkil etilayotgan ichki tanlov va tadbirlardan hammani xabardor qilish;
  • Talabalar bilan boshlang‘ich tashkilot o‘rtasida ishonchli vakil sifatida ularning muammolarini yetakchiga yetkazib berish;
  • Notiqlik san’atini rivojlantirish;
  • OAVlarda chiqishlar sonini ko‘paytirish

O‘tkazish tartibi:

- fakultetlarning matbuotchilari aniqlashtirib olinadi;

- ular uchun alohida forma va talablar joriy etish. Shuningdek universitet rektori tomonidan maxsus ruhsatnoma bilan ta’minlash;

- ular uchun ikki oylik (haftaning payshanba kuni) seminar tashkil etish;

- matbuotchilarga deyarli har kuni fakultetlarda sodir bo‘layotgan voqealarni onlayn yoritib borish va yangi iste’dodlarni qidirib topish, ular bilan tanishtirish vazifalari yuklatiladi;

- bundan tashqari, fakultetlarda ham shunday seminarlar tashkillashtirish so‘raladi;

- ayrim darslarga soha ustalarini taklif etib, trening o‘tkazish;

- seminar yakunida boshlang‘ich tashkilot tomonidan sertifikat bilan taqdirlash. Shu bilan birga, ular xar oyda 1 Gegabayt (1000 mb) trafik bilan taminlanadi.

Kutilayotgan natijalar:

  • OTM lar orasida bitta kuchli pressani tashkil qilish;
  • Har kuni facebook, Telegram, ijtimoiy tarmoqlarida kamida 4 tadan hamda universitetning adu.uz rasmiy saytiga kamida ikkitadan maqola va yangiliklarni joylashtirish. “Andijon yoshlari” gazetasining 4 sahifasini to‘ldirish;
  • Universitetda ta’lim olayotgan talabalarning 8 tasi bilan har ikki haftada tanishtirish, ya’ni yangi yuz va iqtidorlarni kashf qilish.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!