0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

CHUVASH DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI DELEGATSIYASI UNIVERSITETIMIZDA

07 Aprel 2021 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 272

Muallifi: Axborot xizmati

2021-yil 6-aprel kuni Andijon davlat universitetiga Chuvash davlat pedagogika universitetining o‘quv ishlar bo‘yicha prorektori Ilinova Svetlana Viktorovna, tarbiyaviy va ijtimoiy savollar bo‘yicha prorektori Lukicheva Olga Mixaylovna va ilmiy va inovatsiyalar ishlari bo‘yicha prorektor Kirillov Aleksandr Alekseevichlardan iborat delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlarni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor B.Rasulov va xalqaro xamkorlik bo‘limi boshlig‘i F.Alimovlar kutib oldilar. 

Uchrashuvda AndDU iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i M.Alimova, Jahon tarixi kafedrasi dotsenti Ye.A.Smesova, falsafa doktori (PhD) N.Xaydarovalar ishtirok etdilar. Uchrashuv mobaynida ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi va kelgusida Rossiya Federatsiyasining nufuzli ilmiy jurnallarida Andijon davlat universitetining yosh tadqiqotchi olimlarining ilmiy maqolalarini chop etishga amaliy yordam ko‘rsatish hamda magistratura mutaxasisligi matematika yo‘nalishida 1+1 shaklida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Chuvash davlat pedagogika universiteti vakillariga universitemiz tarixi va hozirgi kunda amalga oshirayotgan ishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!