UNIVERSITETIMIZ JAMOASI "ZAKOVAT"DA G'OLIB BO'LDI
15 Fevral 2021 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 320
Bugun, 15-fevral kuni viloyat Yoshlar Markazida Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Andijon yoshlarni birlashtiradi!” shiori ostida talabalar festivali doirasida “Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa shoh va shior Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan tashkil etilib, unda viloyatdagi 5 ta oliy ta’lim muassasalari talabalaridan tashkil topgan jamoalar o‘zaro bellashdilar.
11 raund davom etgan mazkur musobaqada Andijon davlat universitetining “Universal” jamoasi 1-o‘rinni, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari institutining “Agroliders” jamoasi 2-o‘rinni, Andijon davlat tibbiyot instiutining “Medias” va Andijon mashinasozlik institutining jamoasi 3-o‘rinni egalladilar.