Bugun, 12-noyabr kuni Andijon davlat universitetida “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan yoshlar orasida millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat tamoyillarini mustahkamlash maqsadida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari tyutorlari, "Qalqon" jamoatchilik guruhi a’zolari hamda talabalari ishtirokida “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.


Uchrashuv doirasida ma’ruzachilar tomonidan mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, o‘zaro hurmat va do‘stlik qadriyatlarini yuksaltirish, insonparvarlik va mehr-oqibat tamoyillarini yoshlar ongiga singdirish, shuningdek, tinchlik va barqarorlikni asrashda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.




Uchrashuv doirasida mas’ullar yoshlarni millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va ijtimoiy hamjihatlik ruhida tarbiyalash, universitetlar o‘rtasida tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish, tinchlik, do‘stlik va insonparvarlik qadriyatlarini singdirishga doimiy e’tibor qaratish hamda yoshlarning faolligini rag‘batlantirish zarurligini ta’kidladilar.