Joriy yilning 6–10-noyabr kunlari Buxoro davlat texnika universitetida Erasmus+ dasturi doirasidagi ECAMPUZ (“O‘zbekiston olimlari uchun oziq-ovqat fanlari va texnologiyalari bo‘yicha Yevropa jahon iste’dodlar lageri”) loyihasi asosida “CAMP-3 o‘quv-treningi ishtirokchilari bilan uchrashuv va seminarlar” tashkil etildi.
Uchrashuvda Andijon davlat universitetidan Urganch davlat texnika universitetida CAMP-3 ikki haftalik treningda qatnashgan besh nafar talaba hamda Yevropa Ittifoqidan professorlar Jorge Ruiz-Carrascal (Ispaniya), Bekzod Khakimov va Tomasz Pawel Czaja (Daniya) ishtirok etib, CAMP-3 treningining asosiy jihatlari yuzasidan xulosa taqdim etdilar va ilmiy maqolalarni xalqaro standartlarga muvofiq yozish hamda ularning tuzilmasiga e’tibor qaratish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdilar.
Professorlar CAMP-3 treningining asosiy jihatlari va o‘rganilgan ma’lumotlar yuzasidan xulosa taqdim etib, ilmiy maqolalarni xalqaro standartlarga muvofiq yozish bo‘yicha tavsiyalar berdilar. Shuningdek, davra suhbati davomida ishtirokchilar duch kelgan muammolar va shaxsiy mulohazalar muhokama qilinib, olingan bilimlarni keng yoyish, kelgusidagi rejalarning amalga oshirilishi hamda O‘zbekistonda oziq-ovqat fanlari va texnologiyalari sohasini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir yakunida CAMP-3 treningida faol ishtirok etgan barcha talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.