Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida ishtirok etuvchi mamlakatlar uchun chegaradan o‘tuvchi logistika hamkorligini innovatsion rivojlantirishga bag‘ishlangan 2025-yilgi ilg‘or tayyorgarlik kursining xalqaro seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu nufuzli ilmiy tadbirda dunyoning yetakchi mamlakatlari qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Andijon davlat universitetining “Iqtisodiyot va moliya” hamda “Dasturiy injiniring” kafedralari o‘qituvchilari faol ishtirok etib, mamlakatimizning raqamli transformatsiya va innovatsion rivojlanish yo‘nalishidagi ilmiy salohiyatini munosib namoyish qilmoqda.
Seminar doirasida ikki tomonlama samarali uchrashuvlar o‘tkazilib, tomonlar bir qator sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda respublikamiz iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmini oshirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar va kelgusidagi istiqbolli rejalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib oldilar.