Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
“Xalqchil davlat xizmatiga – ochiq yo‘l” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    39

Bugun, 13-noyabr kuni Andijon davlat universitetida bitiruvchi kurs talabalari uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan “Xalqchil davlat xizmatiga – ochiq yo‘l” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda tegishli davlat tashkilotlari vakillari, universitet rahbariyati hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etdilar.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — yosh mutaxassislarni o‘z ixtisosligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash, ularni davlat xizmatiga jalb etish jarayonlarini takomillashtirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida mamlakatimizda yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, ARGO’S tizimining joriy etilishi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Mazkur tizim orqali bitiruvchi yoshlar davlat tashkilotlaridagi vakant lavozimlar bo‘yicha ochiq tanlovlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishlari ta’kidlandi. ARGO’S platformasining afzalliklari, tanlov jarayonining bosqichlari hamda nomzodlar uchun zarur talab va shart-sharoitlar haqida mas’ullar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar, taklif va fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ularning har biriga mas’ullar tomonidan asosli javob va amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida bitiruvchi yoshlar uchun davlat xizmatiga ochiq va shaffof yo‘l yaratish, ularning kasbiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashish yo‘nalishidagi ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Mazkur uchrashuv oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari uchun nafaqat dolzarb masalalarga yechim, balki ularning kelajak faoliyatiga ishonch bag‘ishlagan muhim tashabbus bo‘ldi.


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.