Bugun, 13-noyabr kuni Andijon davlat universitetida 17-noyabr — Butunjahon talabalar kuni munosabati bilan “Talabalar festivali – 2025” doirasida talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida arqon tortish, qiyiq tortish va voleybol musobaqalari tashkil etildi.


Voleybol bo‘yicha talaba-qizlar o‘rtasida musobaqa natijalari:
1️⃣-o'rinni - Sport va madaniyat fakulteti jamoasi;
2️⃣-o'rinni - Kimyo va biologiya fakulteti jamoasi;
3️⃣-o'rinni - Fizika-matematika va IT fakulteti jamoasi egalladi.
Voleybol bo‘yicha yigitlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa natijalari:
1️⃣-o'rinni - Sport va madaniyat fakulteti jamoasi;
2️⃣-o'rinni - Huquq-iqtisod fakulteti jamoasi;
3️⃣-o'rinni - Fizika-matematika va IT fakulteti jamoasi egalladi.
Qiyiq tortish sport turi bo‘yicha qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada:
1️⃣-o'rinni - Filologiya fakulteti jamoasi;
2️⃣-o'rinni - Sport va madaniyat fakulteti jamoasi;
3️⃣-o'rinni - Huquq-iqtisod fakulteti jamoasi egalladi.
Arqon tortish sport turi bo‘yicha yigitlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada:
1️⃣-o'rinni - Sport va madaniyat fakulteti jamoasi;
2️⃣-o'rinni - Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti jamoasi;
3️⃣-o'rinni - Huquq-iqtisod fakulteti jamoasi egalladi.
Eslatib o‘tamiz: tanlov g‘oliblari “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali tadbirda universitet rahbariyatining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.