Joriy yilning 10-noyabr kuni telegram ijtimoiy tarmog‘ida berilgan murojaatga munosabat:
Andijon davlat universiteti ushbu masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
Andijon davlat universiteti ma’muriyati shuni ma’lum qiladiki, 2025–2026 o‘quv yilida universitetda stipendiya oluvchi talabalar soni jami 2439 nafarni tashkil etadi, jumladan, 2021 nafar talaba, 266 nafar magistrant va 161 nafar doktorant.
Ularning barchasiga belgilangan stipendiyalar o‘z vaqtida va tartibga muvofiq to‘lab kelinmoqda. Xususan, noyabr oyi uchun stipendiyalar 7-noyabr kuni talabalarning plastik kartalariga o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun, sentyabr va oktyabr oylariga mo‘ljallangan stipendiyalar ham belgilangan tartibda to‘liq to‘lab berilgan.