0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

PREZIDENT QARORI: OLIY TA'LIM MUASSASALARI REKTORLARI VAKOLATLARI KENGAYTIRILADI

12 Iyul 2019 yil, Juma
Ko'rilgan: 572

Muallifi: Axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyul kuni “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-sonli qarori qabul qilindi.

Bu haqida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy telegram kanalida xabar qilindi.

Qarorga ko‘ra OTM rektorlari vakolati kengaytirildi:

- oliy ta’lim muassasalarining tuzilmalarini bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi;

- OTM huzuridagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari rahbarlari, akademik litseylar direktorlarini, bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlaydi va ozod etadi;

- fakultet dekanlarini lavozimga tayinlaydi va ozod etadi;

- to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddatlarini  uzaytiradi;

- mahalliy va xorijiy OTMlarining o‘zaro kelishuvi doirasida amalga oshirilayotgan qo‘shma ta’lim dasturlari, jumladan, qo‘shma fakultetlarda:

- talabalarni qabul qilish tartibi, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati hamda mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchilar mehnatiga haq to‘lash miqdorlarini hamkor xorijiy OTMlari bilan kelishuv asosida belgilaydi;

- o‘qishga qabul qilish parametrlari, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini hamkor xorijiy OTMlari, bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora hamda O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.

Shuningdek, davlat va davlat ulushi mavjud bo‘lgan OTMning rektori bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora rahbarining tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

davlat va davlat ulushi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasasining prorektorlari OTM rektorining tavsiyasiga asosan bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Bunda:

- o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;

- yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor lavozimiga nomzod O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi;

- ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishiladi.

Vazirlikning Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlari, shuningdek, Vazirlikka idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalar rahbarlari oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

 

Qarorga muvofiq vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining yoshlar, ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi kiritildi.

Qaror bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida quyidagilar tashkil etildi:

- Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;

- O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati;

- Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi.

Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tuzildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 2020-yildan boshlab taʼlim xizmatlari bozorida oliy taʼlim muassasalarining ayrim bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga talab yuqoriligi va moliyaviy barqarorligini inobatga olib, ularni bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish belgilandi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!