0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

O‘QISHGA KIRISHDA KIMLARGA IMTIYOZ BERILADI? ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI UCHUN IMTIYOZGA EGA ABITURIYENTLAR UCHUN AJRATILGAN KVOTALAR

10 Iyul 2019 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 292

Muallifi: Axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayoni bilan 2019/2020 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga abiturientlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi TAQSIMOTI tasdiqlandi.

Unga ko‘ra respublikadagi 89 ta OTMda jami 2068 ta kvota ajratilgan:

kunduzgi – 1629

sirtqi – 400

kechki - 39

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosida Andijon davlat universiteti uchun kunduzgi ta’lim shakli uchun 42 ta, sirtqi ta’lim shakli uchun 17 ta o‘rin ajratilgan.

Shuningdek, ushbu bayonga ko‘ra 2019/2020 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga abiturientlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi TAQSIMOTI ham tasdiqlandi:

Respublikadagi 89 ta OTMda jami 1035 ta kvota ajratilgan:

kunduzgi – 815 ta;

sirtqi – 200 ta;

kechki – 20 ta.

Andijon davlat universitetiga “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun kunduzgi ta’lim shakli uchun 21 ta o‘rin, sirtqi ta’lim shakli uchun esa 9 ta o‘rin ajratilgan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayoni bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Olimpiada fani va tanlovlar bilan oliy ta’lim yo‘nalishlari o‘rtasidagi kasbiy muvofiqlik tasdiqlandi. Ya’ni olimpiada va tanlov g‘oliblari fanlar va tanlov yo‘nalishlariga ko‘ra qaysi ta’lim yo‘nalishlarga o‘qishga kirishi mumkin ekanligi belgilandi.

Jadvalni quyidagi havola orqali ko’rishingiz mumkin: olimpiada va tanlov g'oliblari uchun ro'yxatni ko'rish.

Shu o'rinda bugungi qabul ko'rsatkichlari bilan tanishtirib o'tamiz: 10 iyul soat 19:00 holatiga ko'ra Andijon davlat universiteti Qabul komissiyasi tomonidan ro'yxatga olingan abituriyentlar soni 4984 nafarni tashkil etdi. Andijon davlat universiteti ta'lim yo'nalishlari uchun jami 28269 nafar abituriyent ro'yxatga olindi. 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!