0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

BUYUK BRITANIYADAGI «MARKAZIY OSIYO STIPENDIYASI 2019» DASTURIGA ARIZALAR QABULI BOSHLANDI

01 Iyun 2019 yil, Shanba
Ko'rilgan: 468

Muallifi: Farhod Alimov
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i

Buyuk Britaniyaning J.Smit jamg‘armasi joriy yilning 2-29-noyabr kunlari Buyuk Britaniyada  "Markaziy Osiyo stipendiyasi – 2019" stipendiya dasturi bo‘yicha yillik o‘quv kurslarini o‘tash uchun yosh mutaxassislarga ariza qabul qilishni boshladi.

Ma’lumot uchun: Dastur London va Edinburgda to‘rt haftalik intensiv seminarlar, munozaralar, bahslar, tashriflar va uchrashuvlar orqali davlat boshqaruvi, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligi masalalari bo‘yicha o‘quv va ilmiy-tadqiqot mashg‘ulotlarida ishtirok etish imkoniyatini beradi.

Jamg‘arma va uning o‘quv dasturlari haqida batafsil ma’lumotni http://www.johnsmithmemorialtrust.org/apply/faqs.aspx  saytidan topishingiz mumkin.

Jamg‘arma talablariga muvofiq, 25-35 yoshdagi yosh mutaxassislar dasturda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin:

  • siyosat,
  • davlat boshqaruvi;
  • mahalliy va mintaqaviy boshqaruv;
  • fuqarolik jamiyatini rivojlantirish;
  • ommaviy axborot vositalari;
  • qonunchilik;
  • oliy ta’lim;
  • biznesni rivojlantirish.

Grantlar dastur doirasida yashash xarajatlarini, ovqatlanish va yo‘l xarajatlarini o‘z ichiga oladi.

Tanlov jarayoni iyun va iyul oylarida bo‘lib o‘tadigan arizalar tahlili va suhbat tarzida bo‘lib o‘tadi. (Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ajratilgan 25 ta stipendiyalardan 6 tasi o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun mo‘jallangan)

Tanlov natijalari avgust oyida e’lon qilinadi.

Onlayn arizalar quyidagi manzilda http:// apply.johnsmithtrust.org/ 
2019-yil 2-iyunga qadar qabul qilinadi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!