0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

POLOTSK DAVLAT UNIVERISTETIGA TASHRIF: BIRINCHI KUN YAKUNLARI

29 May 2019 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 194

Muallifi: Axborot xizmati

Kecha 28-may kuni Andijon davlat universiteti delegatsiyasi vakillari Belorussiya Respublikasi Polotsk davlat universitetiga ikki tomonlama akademik hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, qo’shma fakultetlar tashkil etish, talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, professor-o’qituvchilarni stajirovka, malaka oshirish, aspirantura va doktoranturaga yuborish, o’zaro ilmiy, metodik hamkorlikni rivojlantirish kabi sohalarda hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida tashrif buyurdilar.

Delegatsiya tarkibida universitet rektori Yuldashev Akramjon Sultanmurodovich va xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Alimov Farhod Sharabidinovichlar Polotsk davlat universitetiga bo’lib turibdilar.

Delgatsiyamiz vakillarini Polotsk davlat universiteti rektori Dmitriy Lazovskiy, shuningdek, o'quv ishlari bo'yicha prorektor Yuriy Golubev, tarbiyaviy ishlar bo'yicha prorektor Pavel Kovalenkolar kutib oldilar. Ikki tomon vakillari o’zaro uchrashuv o’tkazib, tashrif dasturini kelishib oldilar.

Kunning birinchi yarmida vakillarimiz ilmiy ishlar bo’yicha prorektor D.Gluxov hamrohligida eng zamonaviy dasturiy ta’minot vositalari bilan ta’minlangan kompyuter modellashtirish va tezkor prototiplashtirish laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdilar. Soha bo’yicha ilmiy va akademik aloqalarni o’rnatish va rivojlantirish bo’yicha ayrim masalalar ko’rib chiqildi.

Fizika kafedrasi mudiri S.A.Vabishevich bilan fizika laboratoriyasi ko’zdan kechirilib, ikki oliy ta’lim muassasalari kafedralarining hamkorlik istiqbollari bo’yicha suhbat olib borildi.

Vakillarmiz shuningdek, "UNIVERik" maktabgacha tarbiya va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish markaziga tashrif buyurdilar. O'qitish texnologiyasi va  uslublari kafedrasi mudiri N.V.Dovgaylo va Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri Y.N.Borunlar markazning ish tartibi bilan tanishtirdilar.

Kum davomida universitet turistik markaziga, “Universium” xorijiy tillarni o’rganish markazi, Polotskliklar fan va ta’lim muzeyiga sayohat uyushtirildi hamda tayyorlov bo’limidagi xorijiy tinglovchilarning rus tili mashg’ulotlari kuzatildi. Bundan tashqari, “Polotsk davlat universiteti – mintaqaning ta’lim, ilmiy va madaniy markazi” deb nomlangan ekspozitsiyasi bilan tanishdilar.

Delegatsiyamiz universitetning o’quv binolari joylashgan sobiq Polotsk kollegiumiga tashrif buyurdilar. Bu yerda turistik markaz hodimi V.D.Litvina, tarix va turizm kafedrasi mudiri A.I.Korsak, Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani D.A.Kondakovlar Polots kollegiumi ilmiy kutubxonasi, Polotsk kollegiyasi arxitektura va tarix muzeylari, konferensiyalar zallari bilan tanishtirdilar.

Delegatsiyamiz vakillarida ayniqsa, “Polotsk akademiyasi professori”, “Polotsk talabasi” haykallari, "Polotsk kollegiyasi tarixi voqalar va shaxslarda", Gabriel Gruberning “Mexanik bosh” ekspozitsiyalari, ochiq shaxmat maydoni katta qiziqish uyg’otdi.

Rektorimiz Akramjon Yuldashev va xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Farxodbek Alimovlarning Polotsk davlat univerisitetiga tashrifi bo’yicha ma’lumotlarni berib borishda davom etamiz.

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!