0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

“ANDIJON YOSHLARI” FINALDA, “ADVOKATLAR” ESA MINTAQAVIY BOQICHDA

28 May 2019 yil, Seshanba
Ko'rilgan: 397

Muallifi: Axborot xizmati

Andijon davlat universiteti talabalari bugungi kunda respublika miqyosida talabalar o’rtasida tashkil etilayotgan barcha tanlovlarda munosib ishtirok etib, sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritib kelmoqdalar.

Ushbu haftaning boshlanishida ham talabalarimizning respublika ko’rik-tanlovlarining turli bosqichlaridagi ishtiroki muvaffaqiyatli kechdi va ular qo’shaloq g’alabalarga erishdilar.

Xususan, 27-may kuni universitetimizning "Andijon yoshlari" jamoasi Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan "Tafakkur sinovlari" Respublika ko‘rik-tanlovining mintaqaviy bosqichida vodiy oliygohlari orasida birinchi o‘rinni egallab, to‘rtinchi bor ko‘rik tanlovning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Barcha shartlarda raqiblarga hech qanday imkon qoldirmagan vakillarimiz ayniqsa, mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarga oid bilimlar sinalgan savol-javoblarini katta farq bilan ortda qoldirdilar.

Shuningdek, tanishtiruv, sahna ko’rinishi va rasmlar sharhi shartlarida ham munosib ishtirok etdilar. Eslatib o’tish joizki, “Andijon yoshlari” ushbu ko’rik tanlovning eng sovrindor jamoa sifatida tarixga kirdi. Jamoa 2016-yilda 1-o’rinni qo’lga kiritgan bo’lsa, 2017-va 2018-yilgi tanlovlarda faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritgan. G‘alaba bilan jamoa a’zolari, barcha jabhalarda tayyorgarlik ishlarida xizmat ko’rsatgan talabalarga va jamoani ko‘rik-tanlovga tayyorlagan A.Badalov, Y.Jahongirov, S.Ismoilovlarni tabriklab, alohida minnatdorchilik bildiramiz. Endi "Andijon yoshlari"dan ko’rik-tanlovning final bosqichida ham munosib ishtirokni kutib qolamiz.

Bugun esa Andijon davlat universitetining yana bir jamoasi "Advokatlar" esa O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi, Andijon viloyati Adliya boshqarmasi, viloyat hokimligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati kengashi hamkorligida Andijon Yoshlar markazida tashkil etilgan "Huquq bilimdonlari" Respublika ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichida viloyatdagi boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan bellashib, g‘olib bo‘ldi va ko‘rik-tanlovning mintaqaviy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Musobaqa qiziqarli va keskin kurashlarga boy tarzda o’tib, talabalarimiz barcha shartlarda raqiblaridan ustun ekanliklarini ko’rsatdilar. Ayniqsa, tanishtiruv, tezkor savol-javob va “Jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha” erkin mavzudagi chiqishlarimiz hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi va tomoshabinlarga manzur bo’ldi. G‘aliblik bilan jamoaning barcha a’zolarini, tayyorgarlik ishlarida mehnat qilgan talabalarga va ularni tanlovda ishtirok etishiga sharoit yaratib bergan MG‘MAHT kafedrasi mudiri yuridik fanlar doktori Talantbek Madumarovni muborakbod etamiz. Kelgusida universitetimiz "Advokatlar"ini mintaqaviy va final bosqichlarida munosib ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishini istab qolamiz.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!