0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

JINOYAT ISHLARI BO'YICHA ANDIJON VILOYATI SUDYASI UNIVERSITETIMIZDA UCHRASHUV O'TKAZDI

28 May 2019 yil, Seshanba
Ko'rilgan: 369

Muallifi: M.Sodiqova
Andijon davlat universiteti yuristkonsultanti

Kuni kecha universitetimizda joylashgan “Oila ilmiy-amaliy markazi Maxsus o’quv markazi” da O’zbekiston Respublikasi Jinoyat ishlari bo'yicha Andijon viloyati sudyasi N.Rasulov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7-fevraldagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda Oila ilmiy amaliy tadqiqot markazi viloyat boshqarmasi huzuridagi Maxsus o’quv kursi tinglovchilari, xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustaxkamlash bo’yicha mahalla mutaxassislari, universitet professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat ishlari buyicha Andijon viloyati sudyasi N.Rasulov o’z so’zida 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, ularning odil sudlovga erishishi darajasini, sud ish yurituvining samaradorligi va sifatini oshirish, nomzodlarini tanlash va sudyalik lavozimiga tayinlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari haqida atroflicha fikr bildirdi.

Shuningdek, ma’ruzachi mazkur vazifalarni bajarilishi asnosida 2017 yilning 13 iyun kuni davlatimiz rahbari respublikada faoliyat ko’rsatayotgan barcha sudyalar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o’tkazib, aniq misollarga tayangan xolda, sohada mavjud xato va kamchiliklarni ro’yi-rost ochib berib, istiqboldagi dolzarb vazifalarni belgilab berganliklari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Sudlarda insonparvarlik tamoyillari asosida mutlaqo yangi amaliyot joriy etilmoqda. Buning natijasida jinoyat yo’liga adashib kirib, qilmishiga chin dildan pushaymon bulgan 993 nafar fuqaro, jumladan, 456 nafar yigit qiz hamda 113 nafar ayollar Yoshlar ittifoqi, mahallalar va xotin-qizlar qo’mitalarining kafilligi bilan jazodan ozod qilinganligi haqida tadbir ishtirokchilarga atroflicha axborot berdi.

Uchrashuv davomida Andijon davlat universiteti huquqshunosi Sodiqova Mo’tabar Shukurovna so’z olib, Konstitutsiyamizda belgilab qo’yilgan tamoyillar asosida inson huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan islohotlar bugun o’z samarasini berayotganligini ta’kidlab o’tdi.

Ishtirokchilar mazkur huquqiy mavzular keng muhokama qilindi. Inson huquqlariga oid normativ-huquqiy hujjatlarning xalqaro miqyosdagi huquqiy ahamiyati, yoshlar jinoyatchiligi va uning oldini olish chora tadbirlari haqidagi fikr va mulohazalar universitetning talabalari o’rtasida baxs munozaraga sabab bo’ldi.

Bunday qiziqarli muloqot, samimiy davra suhbatidan mamnun bo’lgan maxsus o’quv kursi rahbari N.Xushvaqova so’zga chiqib, “Inson huquqlarining davlat manfaatlaridan, umum e’tirof etilgan xalqaro huquq normalarining esa milliy huquqiy me’yorlardan ustunligi”ga to’g’risida aloxida to’xtaldi va markaz ma’muriyati nomidan Andijon viloyati sudyasi N.Rasulovga va ma’ruzachilarga o’z minnatdorchiligini bildirib, bunday davra suhbatlarini ko’proq o’tkazilishi tinglovchilarning huquqiy bilimini, huquqiy madaniyatini yanada oshishiga, jinoyatchilikni oldini olishda o’ta muhim ekanligini, tadbirda ishtirok etayotgan xar bir ishtirokchi o’ziga yetarli darajada ijobiy xulosa chiqarganini bildirib o’tdi.

 

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!