0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETIDA O’QUV-ILMIY SEMINARLAR TASHKIL ETILMOQDA

22 May 2019 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 1971

Muallifi: Nishonboyeva Shohista
Fizika-matematika fakulteti 1-bosqich 4-guruh talabasi

O’zbekiston Respulikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularning iste’dodlarini yuzaga chiqarish, kitobxonlikni, sportni ommaviylashtirish, bilim dargohlarida ta’lim sifatini oshirish, oliy ta’lim muassasalaridagi talaba yoshlarni bilim saviyasini yanada oshirish, kelajak avlod uchun kerakli kadr qilib tayyorlash masalalariga bag’ishlangan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish hozirgi kunda ilgari surilgan muhim g’oyalardan biri hisoblanadi.

 

Hozirgi kunda mamlakatimiz aholisining  qariyb 30% ini 14 yoshdan  30 yoshgacha  bo’lgan yigit-qizlarni tashkil etadi. Ularni mukammal va sifatli ta’lim olishlari uchun mamlakatimizda keng shart-sharoitlar yaratib berilgan, shu bilan birgalikda ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Mana shunday ustuvor vazifalarni ilgari surgan holda Andijon davlat universiteti Fizika–matematika fakultetida ham keng qamrovli va samarali ishlar olib borilayotgani barchamizga ma’lum. Bu borada fakultet professor o’qituvchilari va iqtidorli talabalari ham ushbu ustuvor vazifalarni bajarishga qattiq bel bog’lashgan.

Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi bo’yicha ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Fanlari Akademiyasi akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor S.Zaynobidinov boshchiligidagi  fakultet professor o’qituvchilari  va iqtidorli talabalar tomonidan  har chorshanba kuni fizika fanidan seminar bo’lib o’tadi. Seminarda fizika fanini chuqur o’rganish, ilmiy ma’ruzalar tashkil etish, ilmiy va amaliy ishlanmalar ishlab chiqish shuningdek, o’quv va ilmiy sohalarga innovatsiya olib kirish asosiy vazifa qilib qo’yilgan. Seminarda iqtidorli yoshlar fanda olib borilayotgan islohotlar va izlanishlarni o’zlarining taqdimot va ma’ruzalarida keng yoritib beradilar hamda seminar ishtirokchilari tomonidan baxs munozaralar va ular o’rtasida fanga oid savol-javoblar o’tkaziladi. Talabalar esa ushbu jarayon orqali o’z bilimlarini yanada mustahkamlaydilar.

Seminar davomida fakultetning professor o’qituvchilari va akademik S.Zaynobidinov tomonidan seminarda o’tilgan  taqdimot, ma’ruzalarni talabalar to’liqroq yoritib berishlari uchun ularga o’z tajribalaridan kelib chiqqan holda ko’maklashishadi hamda ushbu fanni hayotga qanday  tatbiq etish kerak ekanligini, uning mohiyatini qay tarzda chuqur o’rganish  va amaliyotda qanday mustahkamlash kerak ekanligi yo’lidagi o’z maslahatlarini berib o’tadilar. Shu kabi seminarlarning bo’lib o’tishi universitetimizda ta’lim olayotgan talabalarga ijobiy ta’sir etmay qolmaydi. Bunday seminarlarning bardavomligi talaba yoshlarning fanga bo’lgan qiziqishini yanada oshiradi va hozirgi kunda o’sib ulg’ayib kelayotgan yosh avlodlarning kelajakda yurtimiz istiqboli yo’lidagi ezgu ishlarni amalga oshirishlariga turtki bo’ladi. Mana shunday seminarni tashkil etayotgan fakultetimiz ma’muriyati va akademik S.Zaynobidinovga o’z minnatdorchligimizni bildirib qolamiz.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!