0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

PREZIDENTIMIZNING 5 TA TASHABBUSI BO’YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA

15 May 2019 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 74

Muallifi: Axborot xizmati

Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusini ijrosini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan yo’l xaritalari bo’yicha universitetimiz professor-o’qituvchilari va talabalari joylarda turli tadbirlar tashkil etmoqdalar.

Xususan, Pedagogika kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Arofatxon Negmatova Paxtaobod tumanidagi 26-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, maktab kutubxonasiga 50 ga yaqin badiiy kitoblar jamlanmasini taqdim etdi.

Shuningdek, u tumandagi 25-bolalar musiqa va san’at maktabiga borib, maktabda tashkil etilgan to’garaklar faoliyati bilan tanishdi. To’garaklar faoliyatida bevosita ishtirok etgan A.Negmatova maktab o’qituvchilariga va o’quvchilariga o’zining tavsiyalarini berdi.

Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo'nalishi talabasi, Yoshlar ittifoqi faol a'zosi No'monjonov Muhiddin joriy yilning 10 may kuni Oltinko'l tumani 34-umumta'lim maktabiga tashrif buyurib, o'quvchi yoshlar o'rtasida rassomchilik tanlovi va shaxmat sport turi bo’yicha maktab “shaxmat taxtasi” musobaqasini tashkil qildi. G'oliblarni esa badiiy kitoblar va esdalik sovg'alar bilan taqdirladi.

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!