0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TALABASI PSIXOLOGIYA FANIDAN RESPUBLIKA OLIMPIADASI G’OLIBI

15 May 2019 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 140

Muallifi: Axborot xizmati

Andijon davlat unversitetida 2019 yilning 13-14 may kunlari “Psixologiya” mutaxassisligi bo‘yicha Respublika talabalar fan olimpiadasi o‘tkazildi.

Ochilish marosimida Andijon davlat unversiteti rektori A.S.Yuldashev so‘zga chiqib, olimpiadani adolatli va xolis o‘tkazilishini bildirdi. Universitet rektori barcha qatnashchilariga omad tiladi.

Respublika fan olimpiadasida mamlakatimizning 21 ta oliy ta’lim muassasalaridan 21 nafar talabalar ishtirok etdilar. Ishtirokchilar uchta tur bo’yicha o’z bilimlarini sinovdan o’tkazdilar. Birinchi turda talabalar psixologik krossvord savollariga javob bergan bo’lsalar, ikkinchi turda ishtirokchilar o’zlarining ma’lum bir psixologik muammoni bartaraf etish bo’yicha tayyorlagan referatlari taqdimotini o’tkazdilar. So’nggi turda esa qatnashchilar test sinovlari topshirdilar.

Uchta tur natijalari hakamlar Hay’ati tomonidan ochiqlik va shaffoflik asosida baholandi. Bu jarayonda ishtirokchilar va ularning ilmiy rahbarlari bevosita ishtirok etishi ta’minlandi.

Yakuniy natijalarga ko’ra, Andijon davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti Pedagogika va psixologiya ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi Soliyev Mirzohid 328,8 ball to’plab olimpiada g’olibiga aylandi. Ikkinchi o’rinni esa, 325,5 ball bilan Farg‘ona davlat universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti Psixologiya ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi Nuriddinov Nizomiddin qo’lga kiritdi. 323,3 ball to’plagan Buxoro davlat universiteti Psixologiya ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi To‘ymurodov Abduraxmonga esa uchinchi o’rin nasib etdi.

 

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!