0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   Without images  

TANIQLI ROSSIYALIK PROFESSOR TALABALARGA DARS MASHGULOTLARI OLIB BORMOQDA

15 May 2019 year, Wednesday
Visited: 387

Author: p.f.n A.A.Medatov, M.Rasulova
Axborot texnologiyalar kafedrasi mudiri, www.adu.uz muxbiri

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan Andijon davlat universiteti va Novosibirsk davlat universiteti bilan hamkorlik shartnomasi tuzilgan. Shartnomaga asosan joriy yilning 7 may kuni Andijon davlat universitetiga Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk davlat universiteti professori f.-m.f.d Andrey Leonidovich Karchevskiy tashrif buyurdi.

Rossiyalik professor joriy yilning 8-mayidan 17-mayiga qadar universitetning Informatika o’qitish metodikasi va Informatika va axborot texnologiylari ta’lim yo’nalishlariga Kompyuterli modellashtirish hamda Axborot xavfsizligi fanlaridan jami 22 soat ma’ruza va laboratoriya mashg’ulotlarini olib borishi rejalashtirilgan. Hozirda professor A.Karchevskiy Informatika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabalariga Kompyuterli modellashtirish fanidan ma’ruza o’qimoqda. Ma’ruzalarda talabalar zamonaviy fanning so’nggi yutuqlaridan boxabar bo’lmoqdalar, darslar ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilmoqda.

Bundan tashqari, darslardan so’ng professor A.L.Karchevskiy tomonidan Axborot texnologiyalari kafedrasi talabalari va magistrantlariga to’garak mashg’ulotlari olib borilmoqda. To’garak mashg’ulotlarida yosh tadqiqotchilar va iqtidorli talabalarga ilmiy tadqiqot mavzulari tavsiya etildi. Bu bo’yicha ularga tegishli maslahatlar berilib, vazifalar yuklanmoqda.

Xorijlik professor ishtirokida Axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o’qituvchilariga  ta’lim sifatini oshirish va metdik jihatdan tashkil etish borasida seminar-treninglar tashkil etilishi ham rejalashtirilgan bo’lib, bu yosh o’qituvchilarga katta mahorat maktabi vazifasini o’taydi.

INTERNATIONAL PROJECTS

OUR RESOURCES

OUR ADDRESS
129 st.Universitet,
Andijan city, Republic of Uzbekistan, 170100,
email: agsu_info@edu.uz
Telephone/Fax: 0 (374) 223 88 30
Helpline: 0 (374) 223 88 14
How to get there: Taxi in direction 75

WE ARE IN SOCIAL NETWORKS

© Andijan state university, 2019. All rights reserved. 
 
Make proposition for raise of education quality