0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

PORLOQ ISTIQBOLLI HAMKORLIK

14 May 2019 yil, Seshanba
Ko'rilgan: 98

Muallifi: To'lanboy Ibaydullayev
Matematika kafedrasi mudiri

Andijon davlat universiteti Matematika kafedrasining mamlakatimizning va xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari rejasi bo'yicha 2019-yilning 13-may kuni universitetimizga Turin politexnika universiteti professori, fizika-matematika fanlari doktori Ahtamjon Abduraxmanovich Djalilov tashrif buyurdi. Mehmonni fizika-matematika fakulteti dekani, dotsent Madaminjon Maxkamov, Matematika kafedrasi mudiri To'lanboy Ibaydullayev va kafedraning Sohibjon Ahmedov kabi yetakchi a'zolari qizg'in kutib oldilar.

Shu kunning o'zidayoq A.A.Djalilov matematika yo'nalishi 3-bosqich talabalariga reja bo'yicha mashg'ulotlarini boshlab yubordi. Shuningdek, kafedramizning 2017-2021 yillarga mo'ljallangan istoqbolli rejasiga muvofiq professorga Matematika yo’nalishi 3-bosqich talabasi, 1-Al-Xorazmiy olimpiadasi bronza medali sohibi Xasanboy Abdusalomov biriktirildi. Ahtamjon Djalilov ushbu talaba bilan kelgusida muntazam ishlab, o'zaro talaba almashinuvi dasturi bo'yicha o'zlarining o'quv muassasasiga chaqirib, kelgusida raqobatbardosh ilmiy-pedagogik kadr bo'lishi uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishini bildirdi.

Dars jarayonlari yakunlangach, mehmon universitetimiz rektori Akramjon Yuldashev qabulida bo'lib, o’zaro aloqalarni magistratura, tayanch doktorantura bosqichlarida ham davom ettirish istiqbollar bo’yicha suhbat bo’lib o’tdi. Rektorimiz A.Yuldashev bu borada barcha sharoitlar yaratib berishini bildirib, xalqaro olimpiadalarda ishtirok, ilmiy tadqiqotlarga jalb qilishning istiqbollari to'g'risida qimmatli fikrlar bildirdi. Darhaqiqat, Ahtamjon Djalilovdek xorijiy tajribaga ega mutaxassislar bilan hamkorlikning istiqbollari porloq.

Ma’lumot o’rnida shuni aytish mumkinki, professor A.Djalilov Xalqaro Abel mukofoti laureati, Rossiya Fanlar Akademiyasi Akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, Prinston universiteti professori Yakov Sinayning shogirdi hisoblanadi. A.A.Djalilov rahbarligida qator yoshlar PhD darajasi uchun dissertatsiyalarni muvaffaqiyatli himoya qilganlar, Xalqaro fan olimpiadalarida bir necha bor oltin medallar olganlar. Hozirgi kunda ustozning ilmiy maktabi matematikaning eng dolzarb sohalaridan biri Stoxostik dinamik sistemalar bo'yicha samarali ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Shuning barobarida olim Turin politexnika universitetining Tabiiy fanlar va Matematika kafedrasi talabalariga samarali ta'lim berib kelmoqda.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!