0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

UNIVERSITET JAMOASI XOTIRA VA QADRLASH KUNINI MUNOSIB QARSHILADILAR

11 May 2019 yil, Shanba
Ko'rilgan: 383

Muallifi: Axborot Xizmati

Ajdodlar ruhiga hurmat xalqimizning eng oliy fazilatlaridan biridir. O‘zbek xalqi vatani, xalqining farovonligi, tinchligi yo‘lida jonini fido etgan farzandlarini hech qachon unutgan emas. Insoniyat Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, o‘sha ayovsiz jangu-jadalda qahramonlarcha halok bo‘lganlar xotirasini aslo unutmaydi.

9 may – “Xotira va qadrlash kuni” mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Universitetimiz jamoasi ushbu kun munosabati bilan tashkil etilgan viloyat tadbirida faol ishtirok etdilar. 200 dan ortiq harbiy xizmatni o‘tab, imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarimiz o‘zlarining harbiy liboslarida harbiy marshda ishtirok etdilar. Ushbu marshda universitet jamoasi rahbari sifatida universitet rektori Akramjon Yuldashevning ishtiroki va talabalarimizning harbiy vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlari barchani e’tiborini tortib, bayram kayfiyatini ulashdi.

 

Universitetimizda faoliyat yuritayotgan mehnat faxriylari va afg‘on urushi qatnashchilari, bir guruh professor-o‘qituvchilar esa shahrimiz markazidagi Xotira maydoniga tashrif buyurdilar va Motamsaro ona poyiga gul qo‘ydilar.

Bayram munosabati bilan universitetimizning barcha fakultetlarida turli tadbirlar tashkil etildi, vatanini himoya qilib janggohlarda jon bergan bobolarimiz ruhi shod etilib, keksalarimiz holidan xabar olindi.

Xususan, Fizika matematika fakultetida “Inson qadri ulug‘-xotirasi muqaddas” deb nomlangan tadbir tashkil etilib, qadri ulug‘ nuroniy ustozlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida fakultet dekani t.f.n M.Maxkamov, Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi G.Temirova va talabalar so‘zga chiqib, ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janglardan omon qaytgan bobolarimizga, og‘ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham o‘zligini yo‘qotmagan, imoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatish tom ma’noda milliy qadriyatga aylandi. O‘tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardan, qolaversa, bu bugun tom ma’noda milliy qadriyatga aylanganini ta’kidladilar. Ushbu tadbirning keyingi qismi Andijon sharidagi Xotira maydonida davom ettirildi. Talabalar Motamsaro ona poyiga gul qo'ydilar.

Tarix fakulteti  Yoshlar yetakchisi O.Mirzaxalilova esa 2019 yil 8 may kuni 9 may - “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Ulug‘nor tumani To‘rttol MFY hududida istiqomat qiluvchi Ulug‘ Vatan Urushi qatnashchisi Asqarov Ortiqali  xonadoniga tashrif uyushtirdi. Ushbu tashrifda, “Nuroniy” jamg‘armasi Ulug‘nor tuman Kengashi raisi Y.Madraximov, Tashkiliy nazorat guruhi rahbari X.O‘rinov hamda 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faol o‘quvchi yoshlari ishtirok etdilar. Shuningdek, tadbirda maktab o‘quvchilari tomonidan qo‘shiq, she’r raqslar ijro etilib, Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi O.Asqarovga hush kayfiyat bag‘ishladilar hamda  Tarix fakulteti tomonidan sharaf lentasi va esdalik sovg‘alari topshirdi.

Shuningdek, fakulteti talabalari Asaka tumani Kuchgan MFY xududida istiqomat qiluvchi 2-Jahon urushi qatnashchisi Madaminov Muxtorjon ota xonadoniga borib, otaxonni bayram bilan tabrikladilar va esdalik sovғalar topshirdilar.

Chet tillar fakulteti fakulteti 301 guruh talabalari o'z Vatani uchun jonini fido qilishga tayyor bo'lgan, o'z hayotini Vatan uchun hatarga qo'yib Yurtimiz bayrog'ini yuksalikka chiqishida oz bo'lsada o'z hissasini qo'shgan zahiradagi polkovnik T.X.Xaydarovni 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ADU Chet  tillar fakultetining bir guruh talabalari yo'qlab bordilar. Urush faxriysi ikkinchi jahon urushida bo'lgan voqealar haqida talabalarga so'zlab berdi. Urush faxriysi talabalarimizga o'z minmatdorchiligini bildirdi. Talabalarimiz otaxonning suhbatidan so'ng o'ziga kerakli xulosa chiqarib olishdi ya'ni, Urush faxriylari jasoratini ulug’lash hamda abadiylashtirish yo’lida xotira maydoni, vatandoshlarimiz ruhlarini shod qilish maqsadida ko’p jildlik xotira kitobi yaratilishi ularga nisbatan o’ziga xos ehtirom ifodasi ekanligini, diyorimizni shunday kunlarga kelishida qanchadan-qancha ajdodlarimiz o’zining ulkan hissasini qo’shganligini, ular xotirasini unutmaslik, ularning chirog’ini o’chirmaslik siz bilan bizning zimmamizda ekanligini anglab yetishdi.

 

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!