0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   Without images  

TALABALARNING MALAKAVIY AMALIYOTI HISOBOTLARI ESHITILDI

10 May 2019 year, Friday
Visited: 267

Author: M.Kurbanov 
Ingliz tili fonetikasi kafedrasi o’qituvchisi

2019 yilnng 10 may kuni Andijon davlat universiteti chet tillar fakulteti Ingliz tili fonetikasi kafedrasida “O‘quv-tanishuv” amaliyoti yakuni bo’yicha talabalarning hisobotlari eshitildi.

Kafedra tarkibidagi 5111400 - “Xorijiy til va adabiyoti” (Ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 106-guruh talabalari universitet o‘quv-uslubiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Malakaviy amaliyot (O‘quv-tanishuv) bajarish bo‘yicha” uslubiy ko‘rsatma talablaridan kelib chiqib 4 xaftaga va 144 soatga mo‘ljallangan amaliyot dasturi asosida maktabgacha ta’lim muassasasi, o‘rta maktabning boshlang‘ich va yuqori sinflarida dars jarayonlarini tashkil qilinishi xamda Axborot-resurs markazlarida tanishuv amaliyotlari yuzasidan hisobotlarini taqdimot tarzida namoyish qilishdi.

Himoya davomida 106-guruh talabalari amaliyotni Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusida belgilangan, ya’ni, yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va xotin-qizlarning bandligini ta’minlash kabi vazifalardan kelib chiqqan xolda amalga oshirilganligi uning ahamiyatini yanada yuqori darajaga olib chiqqanini e’tirof etdilar.

 

Hisobot yig’ilishi yakunida talabalar amaliyotning afzalliklari, pedagog kasbining sir-asrorlari va chet tilini o‘qitish metodiklaridan yetarli darajada bilim va ko‘nikmalarni oshirishganligini e’tirof etishib, uni tashkil qilish va o‘tkazishda yaqindan jonbozlik ko‘rsatgan kafedra mudiri dots. S. Solijonov va kafedra professor-o‘qituvchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

 

 

INTERNATIONAL PROJECTS

OUR RESOURCES

OUR ADDRESS
129 st.Universitet,
Andijan city, Republic of Uzbekistan, 170100,
email: agsu_info@edu.uz
Telephone/Fax: 0 (374) 223 88 30
Helpline: 0 (374) 223 88 14
How to get there: Taxi in direction 75

WE ARE IN SOCIAL NETWORKS

© Andijan state university, 2019. All rights reserved. 
 
Make proposition for raise of education quality