0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

O’TGANLARNI XOTIRLASH, KEKSALARIMIZNI QADRLASH MUQADDAS BURCHIMIZ

08 May 2019 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 406

Muallifi: Axborot xizmati

Bugun, 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan universitetimizda bir qator tadbirlar tashkil etildi.

Jumladan, 2-Jahon urushida, mehnat frontida jonbozlik ko‘rsatgan mehnat faxriylari, uzoq yillar universitetda  ishlab, oliy dargoh rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shgan, hozirda bu foniy dunyoni tark etgan ustozlarimizni xotirlash maqsadida ularning suratlari universitet foyesiga joylashtirildi. Universitetimizga tashrif buyurgan kattayu kichik ko‘rgazmani tomosha qilib, barcha ustozlarni xotirladilar.

Shuningdek, universitet katta majlislar zalida bayram munosabati bilan badiiy kecha tashkil etildi. Badiiy kechaga universitetda ishlab, bu dunyodan o‘tganlarning oila a’zolari va hozirda shogirdlar ardog‘ida, nafaqada bo‘lgan ustozlar taklif etildi. Badiiy kechani universitet rektori Akramjon Yuldashev ochib berdi. Shundan so‘ng, o‘tganlar ruhiga bag‘ishlab Qur’oni Karim oyatlaridan tilovat qilindi.

Tadbir davomida rahmatli ustoz, Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohibi, O‘zbekiston xalq hofizi, ADU professori G‘ulomjon Xojiqulov bastalagan vatanni, tinchlikni, muxabbatni madx etuvchi mumtoz navolar universitet talabalari tomonidan ijro etilib, barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Ustozlardan hozirda muborak 90 yoshni qarshilagan, 2-Jahon urushi qatnashchisi, biologiya fanlari doktori, professori Olimjon Hoshimov, Afg‘on urushi qatnashchisi, zahiradagi kapitan Maryamxon Qurbonovalar bugungi tinchlik kunlarini qadrlab, chin dildan mehnat qilishimiz, ilm cho‘qqilarini zabt etishimiz lozim ekanini, bu ne’matlar uchun shukrona keltirishimiz va bugungi islohotlarni amalga oshirishda xalq uchun kamarbasta bo‘lishimiz lozim ekanini ta’kidladilar. Ayniqsa, afg‘on urushi qatnashchisi, zahiradagi kapitan M.Qurbonova tomonidan o‘zi bilan birga xizmatda bo‘lib, janggohlarda halok bo‘lgan askar maktubini o‘qib bergani barchani hayajonlantirib yubordi.

Tadbir so‘nggida bir guruh faxriylarimiz universitet rektori tomonidan universitet hamda xodimlar va talabalar birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!