0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

XOTIRA VA QADRLASH KUNI OLDIDAN

07 May 2019 yil, Seshanba
Ko'rilgan: 108

Muallifi: Axborot xizmati

Xalqimizga xos xislatlar haqida gap ketganda, albatta, qadr-qimmat, mehr-oqibat kabi fazilatlar tilga olinadi.. Dunyodan o‘tganlarni yod etish, nuroniylarimizni Keksalarni ardoqlash, hurmatini joyiga qo‘yish qon-qonimizga singib ketgan fazilat.

9 may - “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan barcha kafedralar professor-o‘qituvchilari va talabalar 2-Jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, universitetimizda uzoq yillar faoliyat yuritib, shu maskan uchun borini berib mehnat qilgan, hozirgi kunda nafaqada umrguzaronlik qilayotgan faxriylarimiz holidan xabar olish, oramizdan o‘tib ketganlarni ruhini shod qilish maqsadida ularning yashagan uylariga tashrif buyurmoqdalar.

Xususan, Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti 101-guruh rahbari J.Iminov hamda faol talabalari tomonidan Andijon viloyati Oltinkol tumani Mirobod MFY hududida istiqomat qilayotgan Ulug' Vatan Urushi qatnashchisi Niyozov Yo'ldoshboy ota xonadoniga tashrif uyushtirildi. Tinch va osoyishta kunlarga erishishimiz yo’lida o’zining munosib hissasini qo'shgan vatanparvar otaxon bayram munosabati bilan talabalar tomonidan moddiy va ma'naviy ragbatlantirildi.

Maktabgacha ta'lim fakulteti professor-o'qituvchilari esa 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan fakultet faxriy o'qituvchisi K.Yuldashev xonadoniga tashrif buyurishdi. Ustozning oila a’zolari bilan dildan suhbat qurib, xotirladilar.

Shuningdak, Falsafa kafedrasida ko‘p yillar samarali mehnat qilgan ustoz Samieva Fotimaxon aya xonadonlariga Falsafa kafedrasining bir guruh o’qituvchilari tashrif buyurdilar. Bir piyola choy ustida suhbat uyushtirilib, tarixni xotirladilar.

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!