0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

GEOGRAFIYA YO’NALISHI TALABALARIGA METEOROLOGIYA FANIDAN MASTER KLASS TASHKIL ETILDI

13 Aprel 2019 yil, Shanba
Ko'rilgan: 47

Muallifi: M.Payzullayev
 Geografiya kafedrasi o’qituvchisi

Andijon davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya kafedrasida ta’lim sifatini yaxshilash, ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish, ishlab chiqarish korxonalari bilan kooperatsion hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish va uni yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

2019-yil 13-aprelda mana shunday tadbirlar biri bo‘lib o‘tdi. Andijon viloyati Gidrometeorologiya boshqarmasi boshlig‘i I.Mahmudov Geografiya ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 101-102-guruh talabalariga “Meteorologiya” fanidan ma’ruza mashg‘ulotlarini olib bordi.

Ma’ruza juda qiziqarli, faktik ma’lumotlarga boyligi va amaliy ahamiyati juda yuqoriligi bilan talabalarning diqqat markazida bo‘ldi. Ma’ruza jarayonida I.Mahmudov butunjahonda va respublikamizda bo‘lib o‘tayotgan iqlim o‘zgarishlari, geografik omillarning iqlimga ta’sirini ilmiy ma’lumotlar asosida yoritib berdi.

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!