0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

CHET TILLARI FAKULTETIDA PREZIDENTIMIZNING BESHTA TASHABBUSI BO'YICHA TADBIR TASHKIL ETILDI

13 Aprel 2019 yil, Shanba
Ko'rilgan: 65

Muallifi: H.Matqulov
Chet tillar fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari

2019-yil 11-aprel kuni Chet tillari fakultetining axborot-resurs markazida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surgan birinchi tashabbusini ijrosini amalga oshirish, yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish maqsadida ‌"Millatlararo totuvlikni yanada rivojlantirish"ga bagishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda chet tillari fakultetining ingliz tili va adabiyoti yo’nalishi 209-guruh va 210-guruh talabalari tomonidan turli sahna ko’rinishlari, turli millatlar she’rlari va qo’shiqlari ijro etildi. Tadbirda ingliz tili fonetikasi kafedrasi katta o’qituvchisi J.Egamberdiyev va yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari hamda fakultetning 65 nafardan oshiq talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirdan ko’zlangan maqsad yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Tadbir so’nggida dekan o’rinbosari ikkala guruhga uz minnatdorchiligini bildirdi.

 

          

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!