0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

TARIX FAKULTETI JAMOASI ULUG’NOR TUMANIDA BESHTA TASHABBUS BO’YICHA TURLI TADBIRLAR UYUSHTIRDILAR

13 Aprel 2019 yil, Shanba
Ko'rilgan: 388

Muallifi: N.Nurmatov
Tarix fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari

2019-yil 12-aprel kuni Andijon viloyati, Ulug‘nor tumani 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida videoselektor yig’ilishida yoshlarimizga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, xotin-қizlar bandligini oshirish bo’yicha belgilangan tashabusning 4-bandi vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida “Jonajon maktabimga kitob tuxfa etaman” loyihasi o’tkazildi. Ushbu tadbirda maktab kutubxonasiga Andijon davlat universiteti tarix fakulteti yoshlar ittifoqi yetakchisi O.Mirzaxalilova, Ulug’bek MFY raisi I.Jo’raev, Xalq deputatlari Ulug’nor tuman Kengashi deputati I.Kurchiyevlar tomonidan kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.

Shu kuni maktabda Ulug‘nor tuman hokimligi, tuman XTB, Bolalar va o‘smirlar sport maktabi, Andijon davlat universiteti tarix fakulteti, 21-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi hamkorlikda “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish  bizning oliy maqsadimiz” shiori ostida  tadbir ўtkazildi. Ushbu tadbirda tuman hokimining yoshlar masalalari bo’yicha hokim o’rinbosari J.Sattorov, tuman XTB mudiri A.Qobulov, Tarix fakulteti talabalari, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Ulug’nor tuman Kengashi raisi, tuman XTB mudir o’rinbosari A.Sobirov hamda 250 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdilar.

Ushbu tadbirda “Musiqa” (qo’shiq, raqs), “Rassomchilik” (tasviriy san’at), “Adabiyot” (she’riyat) , “Teatr”, sportning stol tennisi, voleybol, badiiy gimnastika turlari bo’yicha  musobaqalari, “Axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish”, “Xotin-qizlar bandligini oshirish”,  bo’yicha tanlovlar tashkil etildi. G’oliblar diplom hamda kitoblar bilan taqdirlandilar.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan 1-4-9-13-21-sonli umumiy o’rta ta’lim maktablari O’zbekiston yoshlar ittifoqi Ulug’nor tuman Kengashi hamda tarix fakulteti tomonidan diplom va tashakkurnomalar  bilan taqdirlandi.            

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!