0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

TABRIKNOMA!

15 Mart 2019 yil, Juma
Ko'rilgan: 103

Muallifi: “Qizlarjon” klubi qizlari

Bugun Andijon davlat universitet Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti raisasi, chin ma’nodagi ayol-qizlarimiz sardori, ustozimiz Umidaxon Ahmedova tavallud topgan kun. Ustoz tug’ilgan kuningiz muborak bo’lsin!

Umidaxon Ahmedova uzoq yillardan beri universitetimizda turli jabhalarda mehnat qilib, jamoada o’ziga xos obro’ e’tibor qozongan, oliyjanob, mehnatkash, qizlarimizning yetakchisi sifatida o’zini ko’rsata olgan fidoiy inson. U doimo ayol qizlarimizni qiynayotgan muammolarni yechishga, ularning jamiyatda munosib o’ringa ega bo’lishiga harakat qiladi. Bu yo’lda kechani kecha, kunduzni kunduz demay har yerda hozir-u nozir bo’ladi.

Umidaxon Ahmedova universitetda tashkil etilgan “Qizlarjon” klubi rahbari sifatida oliygohimizda tahsil olayotgan iqtidorli qizlarni qo’llab-quvvatlab, ularni ite’dodlarini to’g’ri yo’naltirib, kerakli vaqtda yordam berib keladi.

Universitetimiz ayol o’qituvchilari va talaba qizlari tomonidan “Mahallamiz malikalari”, “Nafosat”, “O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” kabi tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, davlat mukofotlari hamda nomdor davlat stipendiyalarini qo’lga kiritishlarida Umidaxon Ahmedovaning katta hissasi bor. 

Umidaxon Ahmedova universitetda tahsil olayotgan oilali, ma’naviy va moddiy ko’makka muhtoj talaba qizlarga yordam ko’rsatish, ularni har jihatdan qo’llab-quvvatlashdek savobli ishlarda ham bosh qosh.

Ayol qizlarimizni siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, jamiyatda ularning huquqlarini ta’minlash bo’yicha ham qator amaliy tadbirlarni tashkil etib kelmoqda.

Ustozimiz Umidaxon Ahmedovaga oilaviy baxt, sog’lik va salomatlik, tinchlik hotirjamlik, sharafli va mashaqqatli mehnat faoliyatida tuganmas zafarlar yor bo’lishini tilaymiz!

 

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!