0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN SPORT MUSOBAQALARI O’TKAZILDI 

08 Mart 2019 yil, Juma
Ko'rilgan: 305

Muallifi: Botirova Barchinoy
Matematika yo'nalishi 2M2-guruhi talabasi

Ayol borki olam munavvar! Darhaqiqat, ayol ona, ayol rafiqa, ayol singil. Bu muqaddas bir zotki, uning bilan olam munavvar, uning bilan oila vatan, xonadon oboddir. Yangilanish, yosharish, bahor faslining ilk bayrami aynan ayollarga atalgani bejiz emas albatta. Ayol – bu sadoqatli yor, ko’ngillarga zavq-shavq bag’ishlovchi, hayotni go’zal qiluvchi, ibo-hayoni o’zida mujassam etgan bir xilqat…

Universitetimizda ayollarga bag’ishlangan tadbirlar qatorida universitet professor-o’qituvchilari hamda talabalar o’rtasida sportning volleyboll, shashka, shaxmat, stol tennis turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazildi.

Ayniqsa, shashka bo’yicha musobaqalar qizg’in tus oldi. Aql sporti deya nom olgan shashka baxslarida Fizika-matematika fakulteti ayol professor-o’qituvchilari faol ishtirok etishdi va Matematika kafedrasi ayollari barcha o’rinlarni o’zlariniki qilib olishdi. Musobaqa natijalariga ko’ra faxrli 1-o’rinni Soliyeva Halima, 2-o’rinni Ablazova Kamola, 3-o’rinni To’lanova Bahrinisolar egallashdi. G’oliblarga esdalik sovg’alari topshirildi.

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!