0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

FUTBOL BO’YICHA GEOGRAFIYA KAFEDRASI KUBOGI START OLDI

09 Mart 2019 yil, Shanba
Ko'rilgan: 89

Muallifi: M.Payzullaev
Geografiya kafedrasi katta o‘qituvchisi

Sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida Geografiya kafedrasi tashabbusi bilan futbol sport turi bo’yicha Geografiya kafedrasi kubogi uchun musobaqa e’lon qilindi.

2019-yilning 25-fevral kuni Andijon davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya kafedrasida futbol musobaqalari bo‘yicha qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi va unda to‘qqizta jamoa ishtirok etdi. Ular quyidagilar:

  • 101-guruh talabalarining “Polvonlar” jamoasi
  • 102-guruh talabalarining “Birlik” jamoasi
  • 103-guruh talabalarining “Jo’ralar” jamoasi
  • 201-guruh talabalarining “201-geografiya” jamoasi
  • 202-guruh talabalarining “INTER” jamoasi
  • 203-guruh talabalarining “Yoshlik” jamoasi
  • 300-guruh talabalarining “Buyuk Turon” jamoasi
  • 301-guruh talabalarining “Shijoat” jamoasi
  • 401- guruh talabalarining “4-geografiya” jamoasi.

Dastlab uchta savatcha ajratib olindi. So‘ngra qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Natijada savatchalarga quyidagi jamoalar joylashdi.

1-savatcha - “Shijoat” (301-guruh);

  • “INTER” (202-guruh);
  • “Yoshlik” (203-guruh).

2-savatcha “Buyuk Turon” (- 300-guruh);

  • “Jo’ralar” (103-guruh);
  • “Polvonlar” (101-guruh).

3-savatcha - “201-geografiya” (201-guruh);

  • “Birlik” (102-guruh);
  • “4-geografiya” (401- guruh).

Uchta guruh natijalariga ko‘ra faqat bittadan, ya’ni 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar keyingi turga yo‘l oladigan bo‘ldi. Qolgan guruhlardan 2-o‘rinni egallagan va eng yaxshi natijalarga erishgan bitta jamoa to‘rtinchi jamoa bo‘lib keyingi turga yo‘l oladigan bo‘ldi.

Birinchi davra o‘yinlarida birinchi bo‘lib 2019-yil 27-fevral kuni “Polvonlar” va “Jo’ralar” jamoalari o‘zaro kuch sinashadigan bo‘lsa, shu kuni yana “INTER” va “Shijoat” jamoalari bahs olib boradigan bo‘ldilar. “Birlik” va “201-geografiya” jamoalari esa 2019 yil 1 mart kuni bellashadigan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda “Buyuk Turon” va “Polvonlar” jamoalari to‘g‘ri keldilar. 2019-yil 4-mart kuni esa yana ikkita juft guruhlari, ya’ni “Yoshlik” va “INTER” jamoalari hamda “4-geografiya” va “201-geografiya” jamoalari o‘yinlari belgilandi. Oxirgi davra o‘yinlari 2019 yil 6-mart kunida  “Buyuk Turon” va “Jo’ralar”, “Shijoat” va “Yoshlik”, “4-geografiya” va “Birlik” jamoalari o‘rtasida o‘tkazilishi qur’a natijalariga qarab belgilandi.

Yarim final va final musobaqasini o‘tkazish kunini belgilash esa birinchi tur natijalariga qarab guruhlardan chiqqan to‘rt jamoa o‘rtasida qaytadan qur’a tashlash natijalariga ko‘ra belgilanadigan bo‘ldi.

Futbol musobaqalarining o‘tkazilishi bo‘yicha kafedra mudiri g.f.n., dotsent R.B.Qodirov boshchiligida barcha kafedra professor-o‘qituvchilari jalb qilindi. Musobaqani o‘tkazish uchun mas’ul etib katta o‘qituvchi M.Payzullaev belgilandi. Musobaqalarni olib borish bo‘yicha mas’ul hakam etib katta o‘qituvchi Z.Temirov tasdiqlandi.

2019-yil 27-fevral kungi o‘tkazilgan o‘yin natijalariga ko‘ra 9:3 hisobda “Polvonlar” jamoasi “Jo’ralar” jamoasi ustidan g‘alaba qozondi. Shu kungi “INTER” va “Shijoat” jamoalari bahsida  2:11 hisob qayd qilindi.

2019-yil 1-mart kungi o‘tkazilgan bahsda “Birlik” va “201-geografiya” jamoalari o‘zaro kuch sinashib “201-geografiya” jamoasi 10:3 hisobi bilan g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘yinda “Buyuk Turon” va “Polvonlar” jamoalari to‘g‘ri keldilar va o‘tkazilgan o‘yin natijalariga ko‘ra 7:3 hisob bilan “Buyuk Turon” jamoasi g‘alaba qozondi.

Mazkur yilning 4-mart kungi “Yoshlik” va “INTER” jamoalari  o‘yinida esa “Yoshlik” jamoasi “INTER” jamoasi ustidan g‘alaba qozondi. Hisob 20:2. Natija “Yoshlik” jamoasi foydasiga hal bo‘ldi. Shu kungi “4-geografiya” va “201-geografiya” jamoalari bahsida  0:3 hisob qayd qilindi.

2019 yil 6-mart kungi o‘tkazilgan bahsda “Buyuk Turon” va “Jo’ralar” jamoalari o‘zaro kuch sinashib “Buyuk Turon” jamoasi 9:3 hisobi bilan g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘yinda “Shijoat” va “Yoshlik” jamoalari to‘g‘ri keldilar va o‘tkazilgan o‘yin natijalariga ko‘ra 1:6 hisob bilan “Yoshlik” jamoasi g‘alaba nashidasini surdi.

2019 yil 6-mart kuni o‘tkazilgan, birinchi davra uchrashuvlari yakuniga ko‘ra “Birlik” jamoasi va “4-geografiya” jamoasi bahsida texnik mag‘lubiyat qayd etildi va “Birlik” jamoasi hisobiga texnik g‘alaba yozib qo‘yildi.

2019 yilning 6-mart kuni futbol musobaqalarining birinchi tur davra o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Geografiya kafedrasida 2019 yil 11-mart kuni 2-tur davra o‘yinlariga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi. So‘ngra yarim finalchilar va finalchilar aniqlanadi.

Futbol musobaqasi tobora qizg‘in tus olmoqda. Jamoalar g‘oliblik uchun qat’iy bel bog‘lab, astoydil o‘ynamoqdalar. Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilayotgan futbol musobaqasi davom etmoqda. Oldinda bir-biridan qiziqarli va bahsli o‘yinlar kutib turibdi.

 

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!