0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   Without images  

VILOYAT HOKIMINING YANA BIR E’TIBORI…

07 March 2019 year, Thursday
Visited: 333

Author: Gulchexra Zoxidova
Pedagogika fakulteti talabasi

Qirq yil yotgan bemorlar turing,

Uxlab yotgan ey morlar turing,

Ishq deb yongan xor-zorlar turing,

Bahor keldi axr olamga.

 Buncha yaxshi dilbarlik fasli,

Beqarorlik,besarlik fasli,

Etdiku dil bezarlij fasli bu,

Bahor keldi axir olamga.

 Keldi bahor chechaklar bilan,

Chechak to’la etaklar bilan,

Ishim bormi ertaklar bilan,

Bahor keldi olamga…

Kuni kecha Andijon viloyat Yoshlar markazi binosida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Qo’shoqboyevich ishtirokida videokonferensiya muloqoti o’tkazildi. Bunda viloyatimizning 10 mingga yaqin turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan xotin-qizlar ishtirok etdilar.

Videokenferensiyada viloyat hokimi mamlakatimizda xotin-qizlarimizni faolligi hamda jamiyatdagi o’rni haqida gapirib o’tdi va nafosat malikalarini bayram munosabati bilan tabriklab, o’z esdalik sovg’alarini ulashdi.

Tadbir davomida viloyat hokimi Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga Andijon viloyatidan tavsiya etillgan 22 nafar qizlar bilan ochiq muloqotda bo’ldi. Ular orasida Andijon davlat universitetining 5 nafar talaba-qizlari: Gulchexra Zoxidova, Gulnigor Tohirova, Gulhayo Radjieva (pedagogika fakulteti), Sadoqat Inomjonova (fizika-matematika fakulteti), Shaxzoda Yuldasheva (chet tillar fakulteti)lar tanlovning Respublika bosqichida ta’lim, sport, san’at hamda jamoatchilik yo’nalishlarida faol qatnashib, universitet sha’nini munosib himoya qildilar. Tadbir so’nggida iqtidorli talaba qizlar viloyat hokimi tomonidan diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.      

     

INTERNATIONAL PROJECTS

OUR RESOURCES

OUR ADDRESS
129 st.Universitet,
Andijan city, Republic of Uzbekistan, 170100,
email: agsu_info@edu.uz
Telephone/Fax: 0 (374) 223 88 30
Helpline: 0 (374) 223 88 14
How to get there: Taxi in direction 75

WE ARE IN SOCIAL NETWORKS

© Andijan state university, 2019. All rights reserved. 
 
Make proposition for raise of education quality