0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

UNIVERSITET XOTIN-QIZLAR BOSHLANG'ICH TASHKILOTI: FAXRIYLARNI YO'QLAB TURISH SAVOBLI ISH

07 Mart 2019 yil, Payshanba
Ko'rilgan: 380

Muallifi: Umidaxon Ahmedova
Andijon davlat universiteti boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti raisi

Kechagina mana shu ta’lim dargohining oddiy talabalari bo‘lgan yoshlar bugun el-u yurtimiz, Vatanimiz, millatimizga foydasi tegayotgan, iqtisodiyotimiz, hayotning qaysidir jabhasida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan zamondoshlarimizdir. Shunday insonlarni yetishtirib bergan ta’lim muassasasi haqida, shu universitetning jonkuyar o‘qituvchilari, ustozlar haqida nima deyish mumkin, faqatgina “Tasanno sizlarga, ofarin sizlarga, rahmat sizlarga, ta’zim va tashakkurimizni qabul qiling,” deya olishimiz mumkin, xolos.

Yosh avlodga bilim va tarbiya berishdek o‘ta murakkab, o‘z kasbiga mehr va sadoqatni, butun borlig‘ini bag‘ishlashni, fidoyilikni talab etadigan sharafli mehnati bilan Vatanimiz salohiyatini yanada yuksaltirish saodatiga muyassar bo‘lgan ustoz va murabbiylardan xabar olish bir so‘z bilan aytganda biz shogirdlarning burchimizdir.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Andijon davlat universiteti boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti raisi va “Qizlarjon” klubi faollari universitetda uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan, hozirgi kunda keksalik gashtini surayotgan yoshi ulug‘ ayol professor-o‘qituvchilar ishchi-xodimlardan f.f.d., prof. Hanifaxon Solihova, b.f.d., prof. Lolaxon Saidboeva, t.f.n., dotsent Nigoraxon Qodirova, Lilyaxon Adiguzyalova, Mavludaxon Saidxo‘jaeva, Jamilaxon Jalilova, Xolisxon Akbarovalarni bayram bilan qutlash maqsadida ularning xonadonlariga tashrif buyurdilar.

Ustozlarni qadrlash haqida so‘z ketganda beixtiyor hazrati Mir Alisher Navoiyning ushbu so‘zlari yodimizga tushadi:

Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,

Aylamak bo‘lmas ado oning haqqin ming ganj ila.

Inson qadri - aziz. Qadr esa insonni yuksaklikka ko‘taradi.

Inson keksaygani sari yanada ko‘proq mehrga, e’tiborga muhtoj bo‘lib boradi. Yaqinlarimizni borida qadrlab, ularni e’zozlasak xonadonlarimiz yanada fayzli bo‘lib boraveradi.

Ozod va obod Vatanimizning bugungi baxtli hayotida sizning ulkan hissangiz bor. Kunu-tun o‘zni o‘ylamasdan, xalq dardi bilan yashab, uning farovon turmushi, tinchligi va xotirjamligi uchun kurashdingiz. Istiqlolimizning umrboqiy bo‘lishi uchun bor kuchingiz va bilimingizni sarf qildingiz.

O‘zbekning bekligini namoyish qilishda, yurtimizning dunyo davlatlari ichida erki va hurligi bilan yuksaklarga bo‘y cho‘zishida xizmatlaringiz beqiyos. Siz bilan faxrlanamiz.

Sizdek matonatli, sadoqatli, fidoyi onalari bor yurtning kelajagi buyukdir.

Bayramlarning ko‘rki, yaxshi kunlarning e’zozli mehmoni, farzandlarning sevimli duogo‘yi bo‘lib yashash baxti sizga nasib etsin.

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!