0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

AYOLNI ULUG’LAMOQ – OILANI, VATANNI, HAYOTNI ULUG’LAMOQ DEMAKDIR

07 Mart 2019 yil, Payshanba
Ko'rilgan: 111

Muallifi: Botirova Barchinoy
Fizika-matematika fakulteti 2-kurs talabasi

Onalarning oyog’i ostidadir,

Ravzati jannati jihon boli.

Ravza bog’in visolin istar esang

Bo’l onaning oyog’i tufrogi.

                                                                               A.Navoiy

Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni gullarga. Go’zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg’unlashib ketadi.

8-mart Xotin-qizlar bayrami go’zal va betakror yurtimizga bahor nafasi bilan kirib kelganidan darak beradi.

Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo’lib kelgan. Ayol deganda ko’z o’ngimizda avvalo, ulug’ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o’rganadi. Sharqda ayolga bo’lgan hurmat, ehtirom uni qadrlash, uni ko’klarga ko’tarish ota bobolarimizdan meros. Dunyoda "muqaddas" degan so`zga eng munosib zot ham – Onadir.

Onani e'zozlash – bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko`tarilgan fazilat. Chunki ayollarni qancha ulug`lasak, hayotimizning chirog`i, umrimizning guli deb e'zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e'zozlagan bo`lamiz.

 O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston qahramoni A.Oripov aytganidek:

Bu yorug` olamda Vatan bittadir,

Bittadir dunyoda Ona degan nom

Sharqda ayolni farishtaga qiyos qilishadi. Chunki farishtalar Alloh taolo yaratgan eng pok, eng begunoh zotlardir. Xalqimizning buyuk tarixida o`zining jasorat va matonati, aql-zakovati, nafosat va nazokati bilan o`chmas nom qoldirgan To`maris, Bibixonim, Gulbadanbegim, Zebuniso, Nodira, Uvaysiy, Anbar Otin va boshqa ko’lab ayollarimizni hamisha ehtirom bilan tilga olamiz.

Ulug` momolarimizga xos bo`lgan oliyjanob fazilatlar bugun ham muhtaram ayollarimiz siymosida davom etib kelmoqda. Ayollarga bo`lgan cheksiz hurmat-ehtiromimizning yana bir sababi shundaki, ayol avvalo har bir insonning beshigini tebratadigan, oq suti bilan uning yuragiga odamiylik fazilatlarini singdiradigan, uni hayot bo`ronlaridan asrab-avaylaydigan fidoiy insondir.  Hadislarda "Ayollarni ulug` odamlar hurmat qiladi. “Onaga bo’ysunib xizmatida bo’l, jannat onalar oyog’i ostidadir” deb ta’kidlanadi. Ayolni e’zozlash unga ehtirom ko’rsatish Sharqda o’ziga xos oliyjanoblikdir. Ayniqsa O’zbekistonimiz istiqlolga erishgandan so’ng Xotin-qizlarning jamiyatdagi o’rni va mavqeyini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda. 1999-yilning mamlakatimizda “Ayollar yili”, keying yillarda Onalar va bolalar, Sog’lom ona va sog’lom bola deb e’lon qilinishi ulkan ishlarning ham amaliy ham mantiqiy davomidir. Negaki yuqorida ta’kidlab o’tkanimizdek ayol bu ona u bir xalqni dunyo keltiradi, tarbiyalaydi.

Hozirgi kunga kelib, O'zbekistonning turli jabhalarida ayollarning faolligi, nufuzini ko’ramz. Ayol rahbar, san’atkor, sportchi harbiy, jurnalist, jamoatchi, olima va hakazolar. Ayol jamiyatda yuqori nufuziga ega bo’lsa, oilasiga, farzandlariga vaqt ajratish imkoniyati kam qoladi deb hisoblanadi. Menimcha haqiqiy ayol, haqiqiy ona buning har ikkisiga ham vaqt ajrata oladi. Bilimli, barkamol farzand tarbiyasida ham mukammallikka intiladi.      

Mustaqilligimizni mustahkamlashda ayollarning o’ziga xos o’rni bor. Ona, ayol tarbiyachi ekan o’zi bilimdon bo’lmog’i, tarixni, milliy urf-odatlarni yaxshi bilmog’i lozim. Chunki, bola tarbiyasi hamisha muhim masala bo’lib kelgan. Abdulla Avloniy tarbiya haqida shunday degan “Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot,yo halokat yo sadoqat yo falokat masalasidir.” Qizlarimizni faoliyatini  qadrlash  va  rag’batlantirish  maqsadida  Zulfiyaxonim  nomidagi davlat  mukofoti ta’sis etildi.  Aziz  va  muhtarama  onajonlar, qadrli  ustozlar,

Bayramingiz muborak  bo’lsin! Baxtimizga doimo sog’-salomat bo’ling, hech  qachon g’am tashvish ko’rmay, faqat a’lo kayfiyatda uzoq umr ko’ring, baxtimizga omon yuring.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!