0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

DEYDILAR: ONALAR OYOG'I OSTIDA JANNAT

07 Mart 2019 yil, Payshanba
Ko'rilgan: 78

Muallifi: K.Shahobov
Filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari

Oldin ham xabar berganimizdek, universitetimizda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan turli tadbirlar, bayram dasturlari, badiiy kechalar o’tkazilmoqda. Ayollarimiz ko’nglini olish uchun barcha birdek yelib yugurgan.

2019 yil 5 mart kuni 2-TTJ ma'naviyat xonasida filologiya fakulteti o'zbek tili yo'nalishi 201-202-guruh talabalari "Sizdan umrbod qarzdormiz, onajon!" nomli bayram dasturini onalariga taqdim etildi. Tadbir davomida onalarni madh etuvchi she’rlar o’qildi, badiiy chiqishlar tayyorlandi. Filologiya fakulteti professor-o'qituvchilari talabalarning onalarini bayram bilan tabriklab, ularga shunday farzandlar tarbiyalayotganlari uchun tashakkur izhor etdilar.

Ushbu guruhda o’qiydigan talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi barcha talabalar o’z onalarini universitetga taklif qilib, ular sharafiga bag’ishlangan bayram dasturini taqdim etdilar. Talabalarning onalari ko’zlarida quvonch, qalblarida faxr-iftixor tuyg’ulari jo’sh urdi.

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!