0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

UNIVERSITETIMIZ TALABALARI ALMASHINUV DASTURI DOIRASIDA QOZOG’ISTONDA TAHSIL OLMOQDA

04 Mart 2019 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 1205

Muallifi: Axborot xizmati

So‘nggi yillarda oliy ta’lim tizmini rivojlantirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish orqali jahon talablariga mos keladigan kadrlar yetishtirish dolzarb masalaga aylandi. O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida bu borada aniq vazifalar belgilandi.

Andijon davlat universiteti ham bugungi kunda ushbu qarordan kelib chiqib tuzilgan yo‘l xaritasiga asosan bir qancha xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqda. Jumladan, 52 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilib, ulardan 28 tasi bilan ikki tomonlama akademik memorandum va shartnomalar imzolandi.

2018 yil 4 oktabrda Qozog‘iston Respublikasi Jettisuv davlat universiteti bilan imzolangan memorandumga ko‘ra, o‘zaro almashinuv dasturini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgandi. Shunga ko‘ra, Andijon davlat universitetining 3 nafar iqtidorli talabalari: fizika ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari Xo‘jaboboev Axmadxon va Bakishev Abduvoxid, matematika ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi To‘xtasinov Sherzodbeklar Jettisuv davlat universitetida tahsil olish uchun yuborildi. Talabalar bu yerda 2018-2019-o‘quv yilining ikkinchi yarmidan bir semestr davomida tahsil olishlari, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari lozim.  Bu borada ularga kerakli sharoitlar yaratilgan va mas’ullar biriktirilgan.

Kelajakda memorandum doirasida professor-o‘qituvchilarni malaka oshirish, ilmiy tadqiqot olib borish, ilmiy-tadqiqot ishlari uchun zarur bo‘lgan materiallar to‘plash va tajriba almashish va Jettisuv davlat universiteti talabalarining Andijon davlat universitetida tahsil olishlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2020. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!