0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

DIQQAT E'LON!!! 21 FEVRAL - “ XALQARO ONA TILI KUNI” MUNOSABATI BILAN ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA OMMAVIY DIKTANT O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA XABARNOMA

20 Fevral 2019 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 689

Muallifi: A.Akbarov
Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i

Muhtaram professor-o‘qituvchilar, ishchi xodimlar va barcha talabalar! Sizlarni 21 fevral  -“ Xalqaro ona tili kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan ommaviy diktant tadbiriga taklif etamiz.

Diktant o‘tkazishdan maqsad: Ona tilimizdan foydalanishda yozma savodxonlik darajamizni aniqlash va o‘zga tilli guruhlarda tahsil olayotgan boshqa millat vakillariga o‘zbek tili imlo qoidalarini o‘zlashtirish va foydalanishlariga yordam berish, diktant orqali tilni o‘zlashtirish darajasini va imlo savodxonligini nazoratdan o‘tkazishdan iborat.

 O‘tkazilish tartibi: diktant quyidagi yo‘nalishlar asosida ko‘rsatilgan auditoriyalarda  tashkil qilinadi.

1. Ishchi xodimlar o‘rtasida (1-ma’ruzalar zali)

2. Professor-o‘qituvchilar o‘rtasida (2-ma’ruzalar zali)

3.O‘zga tilli guruhlarda tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida (2-ma’ruzalar zali)

4.O‘zbek tilida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida (4-ma’ruzalar zali)

 Diktant barcha uchun ixtiyoriy bo‘lib, diktant matni ishtirokchilarning tanloviga muvofiq kirill va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbolarida yoziladi.

Faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanadilar.

 Ommaviy diktant o‘tkazish tashkilotchilari:

 Andijon davlat universiteti, Filologiya fakulteti

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi

 O‘tkazish muddati: 21 fevral, 2019 yil. Soat 14.00

 O‘tkazish manzili: Andijon shahri, Universitet ko‘chasi, 129-uy Andijon davlat universiteti. Ma’ruzalar zali.

Ommaviy diktant tadbirida ishtirok etishni xohlovchilar 1 dona daftar (yo‘llik) olib kelishlari so‘raladi.

 Murojaat uchun mas’ullar: +(99899) 3267515 Ergashev Abduhalim Abdujalilovich

+(99891) 4995919  Umarov Adaxamjon Abdusalomovich                     

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!