0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

OLIY MAJLISGA MUROJAATNOMANI O'QIB...

11 Fevral 2019 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 344

Muallifi: Muhiddin No’monjonov
ADU Tabiiy fanlar fakulteti yoshlar ittifoqi yetakchisi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida so’zlagan nutqlarida eng katta e’tiborlari biz yoshlarga qaratilganligi, ta’lim tizimini rivojlantirish dolzarb masala ekanligini ta’kidlab o’tdi. Shu maqsadda, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishimiz, o’rta va oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va o’quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilash, ilm-fan, zamonaviy va uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish zarurligini tushuntirib, quyidagi misollar bilan ko’rsatib berdi:

- Rivojlangan mamlakatlarda ta’limning  to’liq sikliga investitsiya kiritishga, ya’ni, bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bo’lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta e’tibor beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu ko’rsatkich atigi 4 barobarni tashkil etadi.

- O’zbekistonda oliy va o’rta maxsus ta’lim maskanlari bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish o’tgan davrda 9-10 foiz darajasida bo’lib kelayotgan edi. So’nggi ikki yilda ko’rilgan chora-tadbirlar tufayli, biz bu raqamni 15 foizdan oshirishga erishdik. Lekin bu hali yetarli emas. Chunki dunyodagi rivojlangan davlatlar tajribasiga qaraydigan bo’lsak, bu ko’rsatkich ularda 60-70 foizni tashkil etadi. Shuning uchun 2019 yilda mamlakatimizda bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 20 foizga yetkazish va kelgusi yillarda oshirib borish – muhim vazifamizdir.

Oliy o’quv yurtlari nufuzini oshirish, nodavlat ta’lim maskanlari sonini ko’paytirib, sohaga yuqori malakali kadrlarni jalb etish va raqobatni kuchaytirish haqidagi ko’rsatmalari, haqiqatda bugungi kunda oliy ta’lim muassasasiga kirish ,,qiyin” ammo ta’lim olish jarayonlaridagi sustkashliklarga tanqidiy qarash vaqti kelganligini ko’rsatadi. Bundan tashqari kirish imtixonlarida ko’plab bilimli abituriyentlarni nufuzli oliy ta’lim yo’nalishlariga kira olmasligi o’zaro raqobat ko’p ammo belgilangan kvotaning ozligi, yoki korrupsiya tufayli ballarning sun’iy ko’tarilib ketishi hech kimga sir emas edi. Lekin joriy o’quv yilidan ushbu muammolarning barham topishi kirish imtixonlarining shaffof bo’lganligi qolaversa, endilikda bir vaqtning o’zida bir nechta oliy o’quv yurtiga hujjat topshirish imkoniyatini berilganligi biz yoshlarning ta’lim olish huquqlarimizni kengaytirishga xizmat qilishi shubxasiz.

Oliy ta’lim muassasalariga real imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, qabul kvotalarini mustaqil belgilash tizimini joriy etish va bakalavriat yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarga xorijda o’qishni davom ettirish imkoniyatlari yanada kengaytirilishi muhim qarorlardan biri bo’ldi. Shu masala yuzasidan Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev va iqtidorli talaba yoshlar o’rtasida suhbat o’tkazildi. Suhbat jarayonida rektorimiz ta’lim dargohimizda faoliyat boshlagan yangi bo’limni (Iqtidorli yoshlarning ilmiy izlanishlarini tashkil qilish) tanishtirib o’tdi va universitetimiz  Rossiya, Germaniya, Fransiya, AQSh, Janubiy Koreya, Xitoy va boshqa xorijiy mamlakatlarining nufuzli OTMlari bilan ilmiy, o’quv va uslubiy hamkorlik qilishini va bakalavriayat, magistratura uchun stajirovkaga yo’naltirish haqida ta’kidladi. Bu masalada ,, El-yurt umidi” jamg’armasi hisobidan moliyalashtirilishi ko’zda tutilayotgani ma’lum qildi.

Bu kabi imkoniyatlar biz talaba yoshlarni yanada chuqur bilim olishimizga va albatta vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo’shishimizni anglatadi. Zero jamiyatimizda oliy ma’lumotga ega, yuksak malakali mutaxassislar qancha ko’p bo’lsa, rivojlanish shuncha tez va samarali bo’ladi. Bu esa albatta bizning qo’limizda.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!